O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/94
tarix01.12.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#170959
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94
Kompyuter grafikasi o quv qo llanma

 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Tasvirlarni silliqlash usullari 
2. Shovqinni bartaraf etish yo`llari haqida ayting? 
3. Gauss shovqinini bostirish usuli haqida gapiring. 
4.8. Tasvirlarni filtrlash.
 
Filtrlash paytida bizga xalaqit berayotgan shovqinlar olib tashlanadi. Tasvir 
ikkilik tasvir shaklida bo`ladi bu jarayon skanerlash vaqtida amalga 
oshiriladi.Ko`plab ananaviy tasvirlarni filtirlash uchun bir qacha filtrlash turlari bor. 
Masalan: Gaussa filtiri, o`rtacha filtirlash va boshqalar. Lekin qanday filtirlash 
usulidan qatiy nazar birinchi navbatda uning samadorligi maqsad qilib olinadi. 
Filtirlash jarayonida matnni bir zarracha deb olib bitmap shaklida tekshiradi va 
uning sakkiz qo`shnilarini o`rtacha qaytaradi.(4.8– rasm). 
4.8-rasm. 


79 
Binar (qo`shqiymatli) tasvirlar ko`p qiymatlisiga nisbatan soddaligi sababli 
chekli sinfdagi halaqitlarga ega. Ularni yo`qotish uchun asosan mantiqiy filtrlash 
usullari ishlatiladi. Bu usullarning algoritmlari odatda evristik (iste`molchi filtr 
parametrlarini manba tasvir sifatiga bog`liq ravishda oladi) ko`rinishda bo`ladi.
Qo`shqiymatli tasvirlarda halaqit asosan 4 ta sababga ko`ra:

tasvirning asl nusxasidagi ifloslik;

bo`yalish sifatining pastligi;

tasvirni EHMga kiritish jarayonida kichik xatoliklar;

ko`pqiymatli tasvirni qo`shqiymatlisiga o`tkazish bo`sag`asining 
noto`g`ri tanlanishidan bo`ladi.
Keyingi ishlov berishlar natijasi sifatli bo`lishini ta`minlash uchun bu 
sabablarga ko`ra paydo bo`lgan halaqitlarni yo`qotish lozim. Ishonchli filtrlash 
algoritmlarini ishlab chiqish uchun qo`shqiymatli tasvirlarda uchraydigan asosiy 
halaqitlarni aniqlaymiz. Qo`shqiymatli tasvirlarda ayniqsa ko`p uchraydigan 
halaqitlardan biri chiziq shaklining notekisligidir. U turli ko`rinishda bo`lishi 
mumkin: qalinlikning o`zgarishi, ya’ni chiziqlarda haddan tashqari keng yoki tor 
bo`laklar bo`lishi, chiziqlar konturining notekisligi va hokazo. Ko`p uchrash 
bo`yicha keyingi o`rinda yakkalangan kichik qora dog`lar, chiziq ichidagi 
yakkalangan bo`shliqlar va nihoyat kamroq uchraydigan, ammo yo`qotish eng qiyin 
bo`lgan halaqit–bu chiziqlardagi uzilishlar hamda bir necha chiziqlarning qo`shilib 
ketishidir. Tasvirlarga sifatli ishlov berish uchun ba’zi parametrlarni o`zgartirish 
yordamida turli tasvirlarga moslashib, imkoni boricha ko`proq halaqitlarni 
yo`qotuvchi algoritmlar zarur. Bunday parametrlar sifatida filtrlarning o`lchami, 
bo`sag`a qiymatini olish mumkin. Filtr o`lchamlarini tanlashda quyidagi asosiy 
omillarni hisobga olish zarur: filtrlash algoritmining vazifasi, algoritmni dasturlash 
qiyinchiligi algoritmning ishlash vaqti, manba tasvir sifati hamda halaqitlarni 
yo`qotish darajasi. Halaqitlarning hajmiga qarab qo`shqiymatli tasvirlar 4 ta sinfga 
bo`linadi:
1)
o`ta halaqitli tasvirlar, ya’ni tasvirda barcha turdagi halaqitlar mavjud hol; 


80 
2)
chiziqlarning uzilishlari va qo`shilib ketishlaridan tashqari barcha halaqitlar 
mavjud hol;
3)
tasvirdagi kichik bo`shliqlar, chegara notekisligi ko`rinishidagi halaqitlar 
mavjud hol;
4)
faqat obyekt chegaralaridagina halaqit bo`lgan hol. Halaqitlarni yo`qotish 
uchun qo`shqiymatli tasvirlarda asosan markazidagi qiymati atrofidagi bir jinsli 
elementlar asosida o`zgartiruvchi tekislovchi filtrlar ishlatiladi. 
Biror manzaraga qaraganimizda, unga shisha plastina tutamiz deb tasavvur 
qilaylik. Agar bu shisha plastina mukammal darajada shaffof bo`lmasa qaralayotgan 
manzara o`zgarib ko`rinishi. Shishaga, u nimadan tayyorlanganiga bog`liq ravishda 
o`zgarishlar juda turli xil bo`lishi mumkin. Masalan, shisha rangli bo`lsa, tasvir mos 
ravishda ko`rinadi, xira shishadan esa shuvalib ko`rinadi. Tasvirlarni filtrlash ham 
dunyoga shunday shishalar orqali qarashga o`xshaydi, tajribalarni qancha ko`p turli 
plastina bilan takrorlashga qarab effektlar ham turli xil bo`ladi. Tasvirlarni filtrlash 
ostida, bir necha qoidalar asosida o`z natijasi bilan manba tasvir o`lchmidagi boshqa 
tasvirni hosil qilish jarayonlari tushuniladi. Odatda natijaviy tasvirdagi har bir 
piklsel intensivligi(rangi) manbaa tasvirda ayrim kesishuvlarida joylashgan pisellar 
ranglariga bog`langan. Filtrlash qoidalari(o`qlarni filtrlar deb yuritiladi) eng turfa xil 
bo`lishi mumkin. Bu ma`ruzada biz eng soda filtrlarni ko`rib chiqamiz. Eslatib 
o`tamiz, taklif qilingan tasnifga ko`ra ikki va undan ortiq filtratsiya ketma ketligini 
o`z ichiga olgan jarayonlar ham filtratsiya hisobnadi. Shu yo`sinda oddiy amal 
bo`lgan tashkil etuvchi filtrlar haqida gapirishimiz mumkin. Ushbu ma`ruzadagi 
filtrlarning asosiy turlarini o`rganib, keying ma`ruzalarda keluvchi turli xil 
masalalarda filtlrardan tashkil topgan filtrlarni qo`llashni o`rganamiz. Tasvirlarni 
filtrlash kompyuter ko`rishi faning obrazlarni tanish va tasvirlarni tahlil etish asosiy 
jarayonlaridandir. Amalda manba tasvirning u yoki bu filtratsiya bilan ko`plab 
uslublar boshlanadi. Ushbu ma`ruzada ko`riladign filtrlar ularni turli ilovalarda 
qo`llaniladi va juda ahamiyatli hisoblanadi. 
Chiziqli filtrlar bu juda oddiy matematik izohga ega filtrlar oilasidir. Shuning 
bilan birga ular juda turli effektlarga erishishga imkon beradi. Aytaylik, yarim tonli 


81 
A manbaa tasvir berilgan bo`lsin, uning piksellari intensivligini A(x,y) deb 
belgiaymiz. Chiziqli filtr rastrda berilgan F funksiya orqali aniqlanadi. Ushbu 
funksiya filtratsiya yadrosi deb yuritiladi, filtratsiyaning o`zi esa diskret aylantirish 
orqali amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin