12
bir piksel uchun xotirada bir baytdan to`rt baytgacha joy ajratilishi mumkin. Demak,
har bir piksel 256 tadan 4 milliardgacha bo`lgan ranglardan birida bo`lishi mumkin.
Ekrandagi har bir pikselning o`zi uchga bo`linadi.
Ulardan biri
qizil
, ikkinchisi
yashil
, uchinchisi
ko`k
rangda porlaydi. Bu ranglar
asosiy ranglar
deb ataladi va
turli nisbatda qo`shilib, tabiatda uchraydigan ranglarning deyarli barchasini yarata
oladi.
Kompyuter grafikasi faoliyatning shunday turiki, unda kompyuter va maxsus
yaratilgan
dasturlardan foydalanib, tasvirlar yaratiladi,
mavjudlari raqamli
ko`rinishga o`tkaziladi, qayta ishlanadi, saqlanadi va qulay ko`rinishda tasvirlanadi.
Kompyuter grafikasi o`tgan asrning 70-80-yillaridan boshlab ommaviylasha
boshladi. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi
shu qadar rivojlanganki, uning
ehtiyojlarini qondirish kompyuter texnikasining jadal
rivojlanishining asosiy
sabablaridan biri bo`lib qolmoqda.
Kompyuter grafikasi ilm-fanga, tijoratga, san`at va sportga ham tegishli bo`lib,
barcha sohalarda keng qo`llaniladi. Kompyuter grafikasi bo`yicha har yili ko`plab
konferensiyalar o`tkaziladi, ilmiy jumallar va o`quv qo`llanmalar chop etiladi,
dissertatsiyalar himoya qilinadi. Har yili bir necha yuz milliard dollarlik kompyuter
grafikasi mahsulotlari ishlab chiqariladi va sotiladi. San`at durdonalari yaratiladi.
Kompyuter grafikasi asosida yaratilgan elektron o`yinlar bo`yicha
jahon
birinchiliklari o`tkaziladi va ularda millionlab qatnashchilar ishtirok etadilar.
Kompyuter grafikasi nimaning tasviri yaratilishiga qarab quyidagi sinflarga
ajratiladi:
1)
statsionar (o`zgarmas)
yoki
oddiy grafika
;
2)
kompyuter animatsiyasi
;
3)
multimedia
.
Dostları ilə paylaş: