O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/94
tarix01.12.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#170959
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94
Kompyuter grafikasi o quv qo llanma

Muallif
 


10 
1-modul. Kirish 
1.1. Kompyuter grafikasi tushunchasi 
Kompyuter grafikasi
— grafik displey (
monitor
) ekranida tasviriy 
informatsiyani vizuallash (ko`rinadigan qilish) jarayonidir. Tasvirni qog`ozda, 
fotoplyonkada, kinolenta va boshqalarda aks ettirish usulidan farqli ravishda 
kompyuter grafikasida kompyuterda hosil qilingan tasvirni darhol o`chirib tashlash, 
unga tuzatish kiritish, istalgan yo`nalishda toraytirish yoki cho`zish, yaqinlashtirish 
va uzoqlashtirish, burish, harakatlantirish, rangini o`zgartirish va boshqa amallarni 
bajarish mumkin. Kitoblarni bezash, rasm va chizmalarni tayyorlashda buyumlarni 
loyihalash va modellarini yasashda, telereklamalar yaratishda, multfilmlarni 
yaratishda, kinofilmlarda qiziqarli kadrlar hosil qilish va boshqa ko`p sohalarda 
qo`llaniladi.
Kompyuter grafikasi bilan ishlovchi dasturlar qatoriga bir qancha dasturlarni 
sanab o`tish mumkin. Jumladan, Microsoft Paint, Adobe Photoshop, Adobe 
Illustrator, Corel Draw, Adobe Freehand, Adobe InDesign, Adobe ImageReady
Adobe Flash, Discreet, Cinema 4d, Alias, Autodesk Maya, LightWave, Adobe 
Brush va hokazolardir. Ushbu dasturlarda kompyuter grafikasiga oid ishlarni amalga 
oshirish mumkin. Ba’zilarida oddiy rasm chizish mumkin bo`lsa, ba’zilarida uylar 
proyektlari, ba’zilarida esa uch o`lchamli modellashtirish va hattoki to`rt o`lchamli 
modellashtirish mumkin bo`ladi. Inson tashqi dunyo haqidagi axborotning asosiy 
qismini ko`zlari yordamida qabul qiladi. Ko`rish tizimi turli obyektlarning tasvirini 
qabul qilib oladi. Ular yordamida insonda tashqi muhit va undagi obyektlar haqida 
tasavvur paydo bo`ladi. Obyektlarning tasvirini yaratish, ularni saqlash, qayta 
ishlash va tasvirlash qurilmalarida tasvirlab berish kompyuterning eng qiyin va 
asosiy masalalaridan biridir. Kompyuterga hech qanday topshiriq berilmaganda
ya’ni bekor turganida ham ekranida ko`rinishi kerak bo`lgan tasvirni sekundiga 
o`nlab marta qayta ishlab ko`rsatadi. Kompyuterning ekranida paydo bo`ladigan 
tasvirlar uning 
videokarta
deb ataluvchi qurilmasi yordamida yaratiladi va ekranga 
chiqariladi. Videokartalar uchun maxsus 
videoprotsessorlar
ishlab chiqariladi. 


11 
Videoprotsessorlar kompyuterning asosiy protsessorini murakkabligi va hisoblash 
ishlarini bajarish tezligi bo`yicha ortda qoldirib ketgan.
Kompyuterning ma’lumotlarni elektron ko`rinishda tasvirlash qurilmasi 
monitor (
monitor


Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin