56
5. Ko`pyoqliklar turlari haqida ayting.
4-modul. Tasvirlarni qayta ishlash va tahlil qilishning asosiy bosqichlari.
Tasvirlarni qayta ishlash ko`plab sohasi xususiyatlarini o`zida birlashtirish
tabiatiga ega bo`lgan fan yo`nalishidir. Avvalo tasvirlarni
qayta ishlash turli fan
tushunchalarini birlashtirdi. Tasvirli obyektni belgilari bilan raqamli signallarning
qanday bog`liqligini bilish zarur. Bu erda rang-barang fizik jarayonlarni o`z ichiga
olgan bo`lib, tasvirni yorug`ligini
geometrik tarqalishidan tortib, toki radiometrik
shakllantirishlarigacha borib taqaladi. Tasvirni hosil qiluvchi datchiklar yorug`lik
energiyasini u yoki bu elektrik signallar orqali ifodalaydi. Bu signallar esa diskret
sonlar orqali va axborot qiymatlarini kompyuterlarda raqamli shaklda qayta ishlandi.
Tasvirlarga
raqamli ishlov berish fizika, kompyuter bilimlari,
informatika,
matematika, optika, algoritmlash nazariyasi va h.k., kabi ko`plab soha amallarini
ketma – ket amalga oshirish jarayonlaridan iborat(4.1-rasm).
Bu jarayonni
muxandislik nuqtaiy – nazaridan qaraydigan bo`lsak, nazariy, optiko – elektrotexnik
va dasturiy ta’minotni loyihalashdan tashkil topgan. Yuqorida aytib o`tilganidek
tasvirlarga raqamli ishlov berish natijalari boshqa fan yo`nalishlarida keng
foydalaniladi yoki turli fan yo`nalishlari bilan kesishadi. Masalan: metrologiya
fanini qismi o`lchash masalasi, tovushli axborotni qayta ishlash masalasida, shaxsni
tanib olish masalasi va boshqalar. Albatta bular sun`iy
intellekt va Data Mining
usullari orqali turli fan yo`nalishlarini avtomatlashtirish masalalarini hal etiladi.
57
4.1-rasm. Tasvirlarga raqamli ishlov berish masalasining ierarxik tuzilmasi.
Tasvirlarga raqamli ishlov berish natijalarining tadbiqiy ko`lami keng bo`lib,
unga quyidagilarni misol qilib ko`rsatishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: