Qatlamlarga doir mashq №1. Tasvirda qatlamlar soni ortgan sari ular bilan
ishlash qiyinlashadi. Bunday paytda bir necha qatlamni bitta guruhga birlashtirish
va bu guruh bilan bitta qatlam bilan ishlagandek ishlash mumkin. Noutbuk va
mehmonxona rasmlarini yuklab olamiz. Mehmonxona tasvirini to`liq ajratib
(
Ctrl+A qo`shtugmasi
), undan nusxa olamiz (
Ctrl+C
). Noutbuk rasmiga o`tib, unga
nusxani joylaymiz (
Ctrl+V
). Noutbuk rasmiga o`tish uchun uning oynasining
ko`rinib turgan joyini sichqoncha bilan bosish yetarli. Agar oyna boshqa oynalar
bilan to`liq to`sib qo`yilgan bo`lsa, asosiy menyuning Окно (Oyna) bo`limining
oxirgi bandlarida joylashgan hujjat oynalaridan keraklisini tanlaymiz.
Noutbuk oynasida mehmonxona tasviri paydo bo`ladi va u ajratib olingan
(quyidagi rasmlardan birinchisi). Asosiy menyuning
Редактирование
(
Tahrirlash
)
bo`limidagi
Трансформирование
(
Shakl o`zgartirish
) bandini va paydo bo`lgan
menyudan
Искажение
(
Nochiziqli o`zgartirish
) bandini tanlaymiz. Quyidagi
rasmda keltirilgan.
121
6.2.22-rasm. Nochiziqli o`zgartirish.
Mehmonxona tasviri burchaklarida maxsus markerlar paydo bo`ladi. Ulardan
birini sudrab, noutbuk ekrani burchagiga olib kelamiz (2-rasm). Mehmonxona
tasvirining qolgan uchlaridagi markerlarni sichqoncha bilan sudrab, kerakli joyga
olib kelamiz (3-, 4-va 5-rasmlar). Yana bir marta burchak markerlarining rasmdagi
noutbuk ekrani burchaklariga to`g`ri qo`yilganini tekshirib (Ekrandagi tasvir
butunlay ko`rinmasligi kerak),
Enter
tugmasini bosamiz.
Tayyor rasmni yangi nom bilan saqlab qo`yamiz (6-rasm). Mehmonxona tasviri
alohida qatlamda joylashganligi sababli, undagi о`zgartirishlar boshqa qatlamdagi
noutbuk tasviriga ta`sir qilmadi:
1
2
3