O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov


 CorelDraw vektorli tasvirlarni yaratish va qayta ishlash tizimi



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/94
tarix01.12.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#170959
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   94
Kompyuter grafikasi o quv qo llanma

 
6.3. CorelDraw vektorli tasvirlarni yaratish va qayta ishlash tizimi. 
 
CorelDraw
dasturi ishga tushirilgandan keyin ekranda 
CORELDRAW 
dasturiga XUSH KELIBSIZ (welcome to Corel DRAW) so`zi nomayon bo`ladi va 
dasturni ishga tushirishning bir nechta variantlarini tanlashni so`raydi: Yangi hujjat 
(New Graphic), oxirgi ishlangan hujjatni ochish (Open Last Edited), hujjatni ochish 
(Open Graphic), tayyor shablonlarni ochish (Template), dastur o`rgatuvchini ishga 
tushirish (CorelTUROR).
Yangi hujjatni yaratish uchun menyuning 
Fayl
(
File
) va Yangi hujjat buyrug`i 
(
New
) yoki uskunalar satridagi maxsus tugma bosiladi. Hujjatni ochish uchun 
menyuning 
Fayl
(
File
) va 
Ochish
(
Open
) buyruqlari yoki uskunalar satridagi maxsus 
tugmalar yordamida amalga oshiriladi.
CorelDRAW 
dasturida bir vaqtning o`zida bir nechta hujjatlar bilan ishlash 
imkoniyatlari bor, shu bilan birga kerak bo`lmagan hujjatlarni yopib qo`ysa ham 
bo`ladi. Bu esa, menyuning 
Fayl
yopish
(
Close
) buyrug`i yordamida amalga 
oshiriladi.[2] 
CorelDraw 2018 dasturining umumiy tuzilishi quyidagi rasmda keltirilgan: 


138 
 
6.3.1-rasm. CorelDraw dasturining umumiy tuzilishi.. 
Dastur ishga tushirilgandan keyin ekranda dastur oynasi namoyon bo`ladi, bu 
oyna foydalanuvchi 
interfeysi 
(
user interface
) yoki ishchi joyi (
workspace
) deb 
ataladi. 
Interfeys
foydalanuvchi va kompyuter orasidagi muloqotni o`rnatadi, ishlash 
uchun kerak bo`lgan barcha sharoitni yaratadi. Shuni nazarda tutish kerakki, 
interfeys foydalanuvchi tomonidan o`zgartirilgan bo`lib, umumiy ko`rinishidan 
o`zgacha bo`lishi ham mumkin. Foydalanuvchi interfeysi quyidagilardan tashkil 
topadi: sarlavha, bosh menyu, hujjatlarni ko`rish uchun ishchi oynalar, tasvirlarni 
muharrirlash uchun bir nechta panellar yig`indisidan iborat. Oynaning markazidagi 
katta bo`sh joy ish joyi deb nomlanib, har bir hujjat uchun alohida ochiladi. 
CorelDRAW
dasturida hujjatlarni xotirada bir nechta usul bilan saqlash 
mumkin. Menyuning 
Fayl
(
File
) va 
Saqlash
(
Save
) buyrug`i yordamida joriy hujjatni 
joriy jildda saqlaydi. Bu amal asboblar satridagi maxsus tugma yordamida ham 
amalga oshiriladi. 
Сохранить как... 
(
Save A
s) buyrug`i esa joriy hujjatni boshqa 
nom va boshqa jildda, va boshqacha formatda saqlash imkoniyatini beradi. Bu 
amalni bajargandan keyin yangi hujjatni xotirada saqlab, ekranga Tasvirni saqlash 
(
Save Drawing
) ni beradi. 
Versiya 
(
Version
) ro`yxatidan CorelDRAW dasturining 
avvalgi variantlaridan birini yoki yangi variantini tanlab hujjatni mos formatda 
xotirada saqlaydi. 


139 
6.3.2-rasm. CorelDraw dasturining ishga tushirish jarayoni. 
Menyunuing 
Файл 
(
File
) va 
Открыть
(
Open
...) buyrug`i boshqa muharrirlar 
yordamida yaratilgan hujjatlarni ochadi, bu yerda fayllar vektor formatli ya’ni 
masalan, EPS standart formatli bo`lishi kerak.
Yuqoridagi buyruq bajarilgandan keyin ekranda 
Открыть
рисунок
(
Open 
Drawing
) muloqot oynasi chiqadi, bu yerda faylni qaysi jild va qaysi faylda 
ekanligini ko`rsatish kerak. Bu yerda 
Просмотр
(
Preview
)dagi bayroqchani 
belgilash natijasida fayllar ichidagi ma’lumotlar ko`rsatiladi. Agarda faylni o`qish 
mumkin bo`lmasa yoki boshqa sabablarga bog`lab o`qilmasa, ko`rish oynasida krest 
belgisi chiqariladi. Ko`rish maydoni tagidan fayl haqida ma’lumotlar chiqariladi: 
• 
Версия документа
(
File Version
) satrida hujjat xotirasida saqlangan 
dasturning versiyasi beriladi; 
• 
Степень сжатия 
(
Compression ratio
) satri faylning siqilish foizini ko`rsatadi 
(vektor formati ixcham, o`lchami kichik bo`ladi, shunga qaramasdan dastur faylni 
avtomatik tarzda siqadi); 
• 
Сохранен 
(
Last saved by
) satri dasturni versiyasi (platformasi) va uning relesi 
(masalan, build 337) haqida ma’lumot beradi.
Ключевые слова 
(
Keywords
) va Примечания (
Notes
) foydalanuvchiga 
kerakli faylni (agarda berilgan ma’lumot faylni
saqlagan paytda kiritilgan bo`lsa) tez 
qidirib topib berishda yordam beradi.


140 
Сохранить слои и страницы 
(
Maintain layers and pages
) bayroqchasi 
hujjatdagi qatlamlar, sahifalar haqida konvertatsiya qilishni ta`minlaydi, CDR dan 
boshqa formatda bo`ladi.
Menyuning 
Файл
(
File
) va 
Импортировать
(
Import...
) buyrug`i CorelDRAW 
dasturining ochilgan joriy hujjatdagi hujjatni import qilishni ta`minlaydi va u ikkita 
usul bilan bajariladi: 
• Fayllar orasida bog`lanish saqlanadi. 
• Fayllar orasida bog`lanish saqlanmaydi. 
Импортировать
(
Import
) muloqot oynasining 
Открыть рисунок 
(
Open 
Drawing
) oynasidan farqi qo`shimcha funksiyalari va mumkin bo`lgan fayllar 
ro`yxati katta bo`ladi.
Размер изображения 
(
Image size
) satrida rastrli tasvirlarni import qilganda 
pikseldagi o`lchov birligi va ranglarning to`qligi bitlarda beriladi. Pastdagi 
qatorlarda fayl formati va uning o`zgachaligi, masalan, siqish texnologiyasidan 
foydalanish va hokazo. Agarda fayl formati eskilarini saqlaydigan bo`lsa, uning 
matnini, 
Примечания
(
Notes
) maydonidan kiritamiz. 
CorelDRAW dasturida import qilingan tasvirlarni o`zgartirish uchun amallar 
bajarilgandan keyin ekranga boshqacha kursor chiqariladi. Shu kursor yordamida 
tasvirni hujjatning xoxlagan joyiga joylashtirishgan bo`ladi. Bu obyekt ustida 
masshtablashni ham bajarsa bo`ladi. Agarda proporsional masshtablamoqchi 
bo`lsak, u holda kursor bilan sohani chizib ko`rsatish kerak. Agar <
Alt
> tugmasi 
bilan masshtablashtirilsa proporsional bo`lmaydi. Agarda masshtablash aniqlikni 
talab qilsa, u holda muloqot oynasidagi 
Импортировать
(
Import
) ro`yxatidan 
foydalanishga to`g`ri keladi. Ro`yxatda uchta variant mavjud: 
1. 
Полное изображение 
(
Full Image
) tasvir hech qanday o`zgarishsiz import 
qilinadi. 
2. 
Изменение параметров изображения 
(
Resample
) — ekranga muloqot oyna 
chiqariladi, bu oynaning o`lchamini va import qilinayotgan obyekt imkoniyati 
(oynaning pastki qismi o`zgartiriladi va avvalgi fayllar o`lchamlari baytlarda 
beriladi). 


141 
3. 
Кадрирование изображения
(
Crop
) — ekranga muloqot oyna chiqariladi, 
oynada qo`l yordamida yoki mos bo`lgan qiymatlarni o`zgartirish bilan 
Сверху
(
Top
), 
Слева
(
Left
), 
Ширина
(
Width
), 
Высота
(
Height
) import qilinadigan yuzani 
chegaralash mumkin.
Импортировать 
(
Import
) muloqot oynasidagi 
Связь с внешним 
изображением
(
Link bitmap externally
) bayroqchaning qo`yilishi import qilishning 
o`zgacha rejimi bo`ladi, ya’ni tasvirlar bir-biri bilan bog`langan bo`ladi (linked 
image).[2] 
CorelDrawning standart obyektlari ham mavjud, ular orasida murakkablari 
ham birqanchadir. CorelDrawda matnlar bilan ishlash matn redaktorlariga teng 
keladi desa bo`ladi. Bir qancha afzalliklar matnli hamda rasmli tasvirlar yaratish 
imkonini beradi. CorelDrawda har xil tasvirlar, ya’ni clipartlar mavjudligi tufayli 
foydalanuvchi osonlikcha ulardan foydalanib, matnlar bilan bezab, tayyor 
illyustratsiyalar yaratish mumkin. CorelDrawning ishlash prinsiplari quyidagilardan 
iborat: 

Matn kiritish va formatlash; 

Geometrik figuralar yoki egrilar, ochiq va yopiq shakllar tuzish; 

Har qanday obyektni sozlash, unga tus berish, shaklini o`zgartirish; 

Tayyor tasvir yoki oldin yaratilgan illyustratsiya kiritish; 

Tasviriy effektlar berish; 

Obyektlarni to`g`ri joylashtirish.

Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin