O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/94
tarix01.12.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#170959
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   94
Kompyuter grafikasi o quv qo llanma

Qatlamlar bilan ishlash 
Qatlam deganimizda obyektlar joylashtiriladigan plyonkasimon tekislikni 
tushunamiz. Bu tekislikni barcha obyektlari bilan siljitish, o`chirish, ekranda 
ko`rsatish va bosmadan chiqarishga bog`liq bo`ladi. CorelDraw dasturida hujjat 
yaratilganda to`rtta qatlam bo`ladi: 
birinchi 
qatlam – tasvir tushadigan (
Layer 1
), 
ikkinchisi
– (
Master Grid
) tori (setka) uchun, 
uchinchisi
– (
Master Guides

yo`nalish uchun va 
to`rtinchi
– «ish stoli» (
Master Desktops
) uchun mo`ljallangan 
bo`ladi. Yangi qatlamlarni qo`shish obyektlar bilan ishlashda qiyinchilik 
tug`dirmaydi. Har bir sahifadagi qatlamlar soni bir xil parametrlarda va bir xil 
nomda bo`ladi. Agarda qandaydir qatlam bitta sahifada ko`rinmas holga kelib qolsa, 
boshqa sahifalardagi qatlamlar ham ko`rinmas holda bo`ladi. Shu bilan birga barcha 
sahifada qatlamlarning joylashish tartibi ham birdan o`zgaradi.[1] 
Qatlamlar bilan ishlashning Диспетчер объектов (Object Manager) satri 
Qatlamlar ustidagi hamma operatsiyalar (yaratish, o`chirish, to`g`rilash va 
hokazo) 
Диспетчер объектов
 
(
Object Manager
) satri yordamida bajariladi.Bu 
ekranga menyuning 
Окно\Панели типи
Docker (Windows\Dockers) va 
Диспетчер объектов 
(
Object Manager
) buyruqlari bilan chaqiriladi.
Panel sarlavhasi tagida to`rtta tugma joylashgan bo`ladi (chapdan o`ng 
tomonga qarab): 
1. 
Новый слой 
(
New layer
) tugmasi yangi qatlamni 
Слой 
(
Layer
) nomi va mos 
raqamni qo`shadi. 
2. 
Показать свойства объектов 
(
Show Objects Properties
) tugmasi obyektning 
xossalarini ko`rsatadi. 
3. 
Для редактирования 
tugmasi barcha qatlamlar uchun tuzatish kiritish 
imkoniyatini beradi, agarda u o`chirilgan bo`lsa, faqat joriy qatlamda ishlatsa ham 
bo`ladi. 
4. 
Вид диспетчера слой 
(
Layer Manager View
) tugmasi qatlamlar dispetcheri 
ko`rinishini ko`rsatadi.


144 
Piktogramma 
sichqonchani 
o`ng 
tomon 
tugmasi 
bilan 
chertilsa 
qatlamning xossasini bildiradigan menyu chiqariladi va uning yordamida 
qatlamni o`chirish yoki uning nomini o`zgartirishi mumkin.

Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin