Web-resurslar katalogi (ingl. Web directory) — tavsiflar bilan birga berilgan
internet-resurslarga tizimlashtirilgan va rubrikator asosida tartibga solingan 361
gipermatnlar yig`indisi. Kataloglar ixtisoslashgan (soha bo`yicha) va umumiy
hamda hududiy, milliy va global turlarga bo`linadi.
Web-bog`lama — web-serverda umumiy katalogda saqlangan, bir-biri bilan
bog`liq bo`lgan, web-sahifalar, rasmlar, hujjatlar, multimedia va boshqa fayllar
to`plami.
Web-dizayn (ingliz tilidan olingan bo`lib, web-dcsign) — web sahifani loyihalash
mamosini bildiradi) — bu web-sahifani jihozlanishidir. Web-dizayn savt uchun
huddi poligrallya dizayni va qog`ozli nashrlar dastgoblari singari muhim rol
o`ynaydi. Web-dizayn deganda nafaqat web-sayt uchun grafikli elementlarni
yaratish. balki lining strukturasini loyihalash, unda harakatlanish vositalari, ya’ni
butun saytni yaratish tushuniladi.
Web-interfeys — foydalanuvchiga web-brauzer orqali turli dasturlar bilan o`zaro
ishlash imkonini beruvchi interfeys (masalan, o`z buyurtmasini boshqarish. Internet
do`konida yoki tarmoq printerni sozlash). Web-interfeyslarining qulayligi shundaki,
ular bitta ofisda joylashmagan xodimlarga birgalikda ish yuritish imkonini beradi.
Web-ranglar — rasmlarda ranglami aniq solishtirish va aks ettirish uchun
ishlatilishi mumkin bo`lgan 256 rangdan 216 tasini o`z ichiga olgan ranglar jadvali
qolgan 40 rang ishlatilmaydi, chunki ular kompyuterlarda rang uzatish sifatining
sozlanganligiga ko`ra turlicha aks ettirilishi mumkin. Web standart palitra odatda
xavfsiz ranglar palitrasi deyiladi.
Web-sayt — inglizcha «site» (tarjimasi «joy») so`zining o`zbekcha talaffuzi.
Umumjahon o`rgimchak to`ri ma`lum axborot topish mumkin bo`lgan va noyob
URL bilan belgilangan virtual joy. Mazkur URL web-saytning bosh sahifasi
manzilini ko`rsatadi. O`z navbatida, bosh sahifada web-saytning boshqa sahifalari
yoki boshqa saytlarga murojaatlar bo`ladi. Web-sayt sahifalari HTML. ASP, PHP,
JSP grafik va boshqa fayllardan tashkil topgan bo`lishi mumkin. Websaytni ochish
uchun brauzer dasturidan foydalaniladi. Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa
bo`lishi mumkin.