181
XULOSA
Xulosa
qilib aytganda, hozirgi zamon har bir insonni axborot
texnologiyalaridan mustaqil foydalanishni talab qiladi. Chunki insonning faoliyati
borgan sari uning axborotlashganidan, qolaversa, axborotni samarali ishlatishidan
bog`liq bo`lib qolmoqda. Istalgan soha mutaxassisi ma’lumotlar to`plamida
to`g`ri yo‘nalish
olishi uchun, u kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari
orqali axborotlarni to`plash, saqlash, qayta ishlash hamda qo`llashni bilishi shart.
Shu boisdan oliy o‘quv yurti talabalari, akademik litsey,
kasb-hunar kollejlari,
umumiy o‘rta maktab o‘quvchilarini kompyuter grafikasi faniga qiziqtirish orqali
zamonaviy dasturlash tillarini o‘rgatish oson kechadi. Bu orqali o‘quvchi yoshlar
dasturlash muhitida ishlash va mustaqil dastur tuzish,
mamlakatimizning turli
sohalari uchun ilovalar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan
foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga va ularning amaliy ishlarida yangi
qirralarning ochilishiga zamin hozirlaydi.
Ushbu o`quv qo`llanmada kompyuter grafikasining
hozirgi kundagi
zamonaviy dasturiy paketlari jumladan, Adobe PhotoShop,
CorelDraw va Flash
dasturlarining asosiy vazifasi, imkoniyatlari yoritib berilgan. O`quv qo`llanma oliy
o`quv yurtlarining 5130200 – «Amaliy matematika va informatika» bakalavr ta`lim
yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, 6 moduldan iborat. Har bir modul
bo`yicha mavzular nazariy va amaliy misollar bilan tushuntirib berilgan. Shu bilan
birgalikda CorelDraw, PhotoShop va Flash dasturlarida amaliy topshiriqlar bajarish
ketma-ketligi ko`rsatilgan.
O`ylaymanki, informatika fanini o`qitishda kompyuter grafikasi dasturiy
paketlaridan
foydalanish, o‘quvchilarda dizayn va grafika bo`lgan qiziqishlarini
uyg`otadi, darsni samarali va qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi hamda o`quvchilarda
kompyuter grafikasi doir bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantiradi.