O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Namangan Davlat Universiteti Fizika fakulteti



Yüklə 33,12 Kb.
səhifə2/4
tarix24.06.2022
ölçüsü33,12 Kb.
#62243
1   2   3   4
murodon

Namangan Davlat Universiteti Fizika fakulteti
5A140201- fizika (Nazariy fizika) mutaxassisligi
II-bosqich magistranti Abduxalimov Murodjon Abduolim oʻgʻlining
Namangan Muhandislik Texnologiya Instituti Avtomatika va axborotlashtirish kafedrasida
14.02.2022 dan 28.05.2022 gacha
Stajirovkasida o’tgan ilmiy amaliyoti
HISOBOTI
Men O’zbekiston Respublikasi Namangan Davlat Universiteti “Fizika” kafedrasida 2022 yilning 14 fevralidan 2022 yil 28 may ilmiy – texnik amaliyotini o’tkazdim. Amaliyotning dastlabki kuni Fizika kafedrasidagi pedagogik ish faoliyati hamda professor-o’qituvchilar bilan tanishdim. Amaliyot rahbari sifatida f.m.f.doc. U. Erkaboyev tayinlandi. Amaliyotning dastlabki haftasida kafedraning ilmiy tadqiqod ishlari yuzasidan olib borilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar bilan tanishib chiqildi va amaliyot rahbari bilan me’yoriy hujjatlar tahlili o’tkazildi.
Amaliyot boshlangan kuni Namangan Davlat Universiteti “Avtomatika va axborotlashtirish” kafedrasida amaliyot olib borishim uchun alohida ish o’rni ajratib berildi. Ilmiy rahbarim bilan birgalikda amaliyot davrida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar rejasi ishlab chiqildi. Butun amaliyot davrida mazkur reja asosida olib borilgan ishlar kundalik daftarimda qayd etib borilgani tasdiqlangan.

  1. Namangan Muhandislik Texnologiya Instituti Avtomatika va axborotlashtirish kafedrasida ichki tartib qoidalari, tashkiliy tuzilmasi, faoliyat yo’nalishlari bilan tanishdim.

  2. Stajirovka rahbarim tomonidan magistrlik dissertatsiya mavzuyim bo’yicha qiyosiy tahlil uchun ma’lumotlar bazasini kengaytirdim.

  3. Talabalar ta’lim – tarbiyasi rivojlanishi maqsadida professor- o’qituvchilar tomonidan olib borilgan seminar treninglarda faol qatnashdim.

  4. Talabalarga milliy – ma’naviy qadriyatlarni ta’lim – tarbiya jarayonida qanday qilib qo’llay olish usul va vositalari haqida ilmiy rahbarim bilan birgalikda o’rganib o’tdik.

  5. Magistrlik dissertatsiyasining tajriba sinov bobiga amaliyot davrida amalga oshirilgan tajriba ishlardan o’rinli tartibda foydalandim.

Ilmiy rahbarim f.m.f.doc. U. Erkaboyev va “Avtomatika” kafedrasi professor- o’qituvchilarining ilmiy ishlari (xorijiy va respublika jurnallaridagi maqolalar, xalqaro anjuman tezislari, EHM va ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, o’quv qo’llanmalar) bilan tanishib chiqdim. “Avtomatika” kafedrasidaning uzluksiz ta’lim bo’limida ilmiy ishlar ro’yxatini saqlab borishga mo’ljallangan ma’lumotlar bazasi yaratilgan.
Amaliyot davomida olib borilayotgan ishlar, ilmiy tadqiqot ishiga moslik darajasi bilan tanishib chiqdim. Shu kunlar davomida magistrlik dissertatsiyasiga bog’liq statistik ma’lumotlar to’plab, kerakli qismidan foydalandim. Oldingi qilingan ishlar bilan tanishar ekanman, talabalarni tarbiyaviy tadbirlar orqali milliy qadriyatlarni rivojlantirishda yosh avlodni barkamol avlod qilib tarbiyalashda oila, mahalla hamda ta’lim muassasasining o’rni beqiyosligini shakllantirish bo’yicha masalalarni qaytadan o’rganib chiqdim. Magistrlik dissertatsiyasining uchinchi bobi yuzasidan tashkiliy va yozish amaliyotini amalga oshirdim.
Amaliyotning so’ngi haftalarida to’plagan ma’lumotlar bo’yicha takliflar ishlab chiqish va qilingan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlash bilan shug’ullandim. Tadqiqot olib borayotgan magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha amalga oshirilgan ishlarni rasmiylashtirildi. Ilmiy amaliyot bilan bog’liq ishlar yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borildi. Magistrlik dissertatsiyaning nazariy va amaliy qismlarini yakunladim.
Mazkur ilmiy amaliyotni o’tash Namangan Davlat Universitetida olgan nazariy bilimlarimni amaliyotda sinab ko’rishimga imkon yaratildi. Kelgusi pedagogik faoliyatimda Namangan Davlat Universiteti “Fizika” kafedrasida olgan bilimlarimni kelgusidagi ilmiy tajribamda keng foydalanaman. Shu bilan birga ushbu amaliyot o’zimni kelgusidagi ilmiy faoliyatimni rivojlantirishim uchun rejalar tuzishga imkon yaratdi.


Yüklə 33,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin