O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


A140201-“Fizika” II-bosqich magistranti Abduxalimov Murodjon Abduolim oʻgʻlining Stajirovkada rahbar tomonidan berilgan



Yüklə 33,12 Kb.
səhifə4/4
tarix24.06.2022
ölçüsü33,12 Kb.
#62243
1   2   3   4
murodon

5A140201-“Fizika” II-bosqich magistranti Abduxalimov Murodjon Abduolim oʻgʻlining Stajirovkada rahbar tomonidan berilgan
XULOSA
2022 yilning o'quv yilida belgilangan tartibga ko'ra, 2022 yilning 14 fevralidan dan 2022 yil 28 maygacha bo'lgan oralig'ida stajirovka o'tash maqsadida Namangan Davlat Universiteti "Fizika (Nazariy fizika)" mutaxasisligi 2-kurs magistranti Abduxalimov Murodjon Abduolim o’g’li Namangan Davlat Universiteti “Avtomatika” kafedrasiga shartnomaga muvofiq biriktirildi.
2022 yil 14-fevral kuni magistrant Namangan Muhandislik texnologiyasi institute “Avtomatika’kafedrasiga kelib stajirovka rahbari f.m.f.n.doc. U.Erkaboyev bilan uchrashdi. “Avtomatika” kafedrasi faoliyati hamda o'quv dars jarayonlari bilan tanishdi. Xususan “Avtomatika” kafedrasining ichki tartib qonun qoidalari, stajirovka o'tashning talab va shartlari, “Avtomatika” kafedrasining tuzilmasi, vazifa va funksiyalari shu bilan bir qatorda faoliyat yo'nalishlari bilan tanishib chiqdi.
Jumladan, Namangan Muhandislik texnologiyasi institute “Avtomatika’kafedrasiga kelib kafedrasi tomonidan seminarlar, tadbir va uchrashuvlar muntazam ravishda qatnashdi. Oliy ta'lim bo’yicha me'yoriy hujjatlari bilan tanishib bordi.
Magistrlik dissertatsiyasi uchun kerakli ma'lumotlarni o'zlashtirib bordi va shu bilan bir qatorda uchinchi bobi bo'yicha ilmiy materiallar to'pladi va tayyorladi.
Namangan Davlat Universiteti Fizika fakulteti 5 A 140201-“Fizika” (Nazariy fizika) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Abduxalimov Murodjon Abduolim o’g’li kelajakda o'z kasbining yetuk mutaxassisi, malakali pedagog bo'lishiga ishonamiz.

Amaliyot rahbari: f.m.f.n doc. U.Erkaboyev

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING
BUYRUG’I
OLIY TA’LIM MUASSASALARI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI TALABALARI TOMONIDAN STAJIROVKANI O’TASH TARTIBI TO’G’RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TO’G’RISIDA
(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2015 y., 47-son, 604-modda)
[O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 26 noyabrda 2734-son bilan davlat ro’yxatidan o’tkazilgan]
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi va 2015 yil 2 martdagi 36-son «Magistratura to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o’tash tartibi to’g’risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. VAXABOV
Toshkent sh.,
2015 yil 30 oktabr,
9-2015-son
O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2015 yil 30 oktyabrdagi 9-2015-son buyrug’iga
ILOVA
Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o’tash tartibi to’g’risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»gi va 2015 yil 2 martdagi 36-son «Magistratura to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorlariga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi) magistratura mutaxassisliklari talabalari (bundan buyon matnda magistratura talabasi deb yuritiladi) tomonidan stajirovka o’tash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
OTMdan stajirovka rahbari — stajirovkaga yo’llangan magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi va ilmiy-tadqiqot ishlariga bevosita rahbarlik qilayotgan ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi), magistratura talabasining stajirovkasiga rahbarlik qilish o’quv yuklamasiga kiritilgan OTM professor-o’qituvchisi;
stajirovka (ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida, xorijda tajriba orttirish) — magistratura mutaxassisligi bo’yicha maqsadli kasbiy ta’lim o’quv reja va dasturlarini o’zlashtirish, magistratura talabalarida ilmiy-tadqiqot kompetentsiyalarini shakllantirish maqsadida ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish yo’li orqali magistrlarni eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlar hamda iqtisod, fan, texnika, madaniyat va sog’liqni saqlash tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida ilmiy tadqiqot olib borishi;
stajirovka o’tash dasturi — stajirovka davomida iqtisod, fan, texnika, madaniyat, sog’liqni saqlash, qishloq va suv xo’jaligi tarmoqlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bazasida eng yangi ilmiy-texnik rivojlanishdagi yutuqlarni o’rganish hamda magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasini (yoki uning bir qismini) tayyorlash uchun materiallar yig’ish, magistrlik dissertatsiyasi mavzusi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertatsiyasi (yoki uning bir qismi) uchun zarur bo’lgan tajriba-sinovlarni o’tkazish, ularni mutaxassislar muhokamasidan o’tkazish, tajriba-sinov natijalaridan ilmiy xulosalar chiqarish bo’yicha tadbirlarni qamrab olgan stajirovka rahbari tomonidan ishlab chiqilgan va fakulg’tet dekani yoki OTMning zimmasiga stajirovka masalalari bilan shug’ullanish majburiyati yuklatilgan tarkibiy bo’linmasi boshlig’i tomonidan tasdiqlanadigan dastur (xorijda stajirovka o’tash dasturi OTM rektori (direktori) tomonidan tasdiqlanadi);
qabul qiluvchi tashkilot — stajirovka o’tkazilishi rejalashtirilgan hamda o’tkaziladigan yuridik shaxs;
qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari — zimmasiga magistratura talabalari tomonidan stajirovka o’tash dasturida belgilangan topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish, ularni amaliy ko’nikmalarga o’rgatish, magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinovlarini o’tkazish va uning amaliy qismi materiallarini tayyorlashga ko’maklashish mashuliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi.
2. Mazkur Nizom talablari:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markaziga;
O’zbekiston Respublikasi hududida o’z faoliyatini yuritayotgan, o’rnatilgan tartibda faoliyati xususiyatlari inobatga olinib, magistrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan xalqaro va xorijiy OTMlariga, shuningdek yuridik ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Stajirovka magistratura talabasining ilmiy-tadqiqot ishlari taqozo etganda individual ilmiy izlanish va tajriba-sinovlarni o’tkazish maqsadida tashkil etiladi va magistratura talabalari OTM kengashi tavsiyasiga muvofiq stajirovka o’tashga yuboriladi.
4. Stajirovka:
ilmiy-tadqiqot olib borish, nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirishi;
iqtisod, fan, madaniyat va sog’liqni saqlash hamda boshqa tarmoqlardagi zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishi;
amaliy kasbiy va ilmiy-tadqiqot kompetentsiyalarni shakllantirishi;
mutaxassislik bo’yicha bilim va ko’nikmalarni takomillashtirish va magistrlik dissertatsiyasi (yoki biror qismi) bo’yicha tajriba-sinov, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishi;
kasbga samarali moslashuvni tahminlashi lozim.
5. Magistratura talabalari stajirovkani stajirovka o’tash dasturi asosida ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida yoki xorijda o’tashi mumkin.
2-bob. Stajirovkani tashkil etish
6. Stajirovkani tashkil etish magistratura talabalari tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni tahminlashga yo’naltirilishi lozim.
7. OTM kengashi magistratura talabasining ilmiy rahbari tavsiyasiga ko’ra magistratura talabasini stajirovka o’tashga yuborish masalasini ko’rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
8. Magistratura talabasi kadrlar istehmolchilari tomonidan tanlov asosida stajirovka o’tashga jalb qilinishi mumkin.
9. Stajirovka o’tashga yuborilayotgan magistratura talabalari ro’yxati OTMdan stajirovka rahbari ko’rsatilgan holda OTM rektorining (direktorining) buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
10. Stajirovka o’tash uchun yuborishda magistratura talabasining qabul qiluvchi tashkilot tomonidan turar joy bilan tahminlash imkoniyati hisobga olinadi.
11. Stajirovka OTM joylashgan hududdan (shahardan, viloyatdan) tashqarida yoki xorijda o’tkazilishi nazarda tutilganda, stajirovkaga borish va undan qaytish bo’yicha bir martalik yo’l haqi xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda OTMning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan qoplanadi, mazkur xarajatlar qabul qiluvchi tashkilot tomonidan qoplanishi ko’rsatilgan hollar bundan mustasno.
12. OTM rektori (direktori) stajirovka o’tash jarayonida magistratura talabasi xavfsizligini tahminlash bo’yicha zarur chora-tadbirlar ko’rilishini tahminlaydi.
13. Stajirovka bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish OTMning magistratura bo’limi tomonidan tegishli kafedra mudiri va fakulg’tet dekani yoki OTMning zimmasiga stajirovka masalalari bilan shug’ullanish majburiyati yuklatilgan tarkibiy bo’linmasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
14. Stajirovka OTM bilan qabul qiluvchi tashkilot o’rtasida stajirovkani tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tuzilgan shartnomalar (kelishuvlar) asosida amalga oshiriladi, stajirovkani xorijda o’tash hollari bundan mustasno.
15. Stajirovkani tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tuzilgan shartnomada shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, magistratura talabasini turar joy bilan tahminlash, shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani bekor qilish asoslari, taraflarning javobgarligi va stajirovka o’tashni tashkil etish bilan bog’liq boshqa muhim shartlar nazarda tutiladi.
16. Stajirovka o’tash davrida stajirovka o’tayotgan magistratura talabasiga qabul qiluvchi tashkilotdagi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalari, shuningdek qabul qiluvchi tashkilotda amalda bo’lgan boshqa hujjatlar tatbiq qilinadi.
3-bob. Stajirovkaga rahbarlik qilish
17. OTMdan stajirovka rahbari stajirovka davomida magistratura talabasi tomonidan stajirovka dasturining o’z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi va zarur hollarda, unga amaliy ko’maklashib boradi.
Stajirovka nazorati elektron ravishda yoki boshqa telekommunikatsiya vositalari (telefon, faks va boshqa vositalar) orqali amalga oshirilishi mumkin.
18. OTMdan stajirovka rahbari:
magistratura talabalarini stajirovka o’tash joylariga taqsimlashda ishtirok etadi;
magistratura talabasiga berish uchun OTMning tegishli bo’linmasidan stajirovka kundaligini qabul qilib oladi;
stajirovka o’tash dasturini ishlab chiqadi;
magistratura talabasining stajirovkasiga umumiy rahbarlik qiladi;
stajirovka o’tash uchun ketayotgan magistratura talabasiga zarur yo’l-yo’riqlar beradi;
magistratura talabasining stajirovka o’tash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qiladi;
qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan stajirovka o’tash holati bo’yicha muntazam ravishda aloqada faoliyat olib boradi;
magistratura talabasiga stajirovka o’tash dasturini bajarish bo’yicha uslubiy yordam ko’rsatadi;
zarur hollarda, stajirovka o’tash joylariga borish orqali stajirovka o’tash tartibiga magistratura talabasi tomonidan rioya qilinishini, stajirovka o’tash dasturi bajarilishini nazorat qiladi;
stajirovka o’tashni takomillashtirish yuzasidan o’z taklif va mulohazalarini OTM kengashida ko’rib chiqish uchun taqdim etadi.
19. Qabul qiluvchi tashkilot rahbari:
stajirovkani tashkil etish bo’yicha buyruq (qaror) qabul qiladi;
malakali va tajribali mutaxassislar orasidan stajirovka rahbarini tayinlaydi;
magistratura talabasiga stajirovka o’tash dasturiga muvofiq stajirovka o’tash uchun zarur sharoitlar yaratilishini tahminlaydi.
20. Qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari:
tashkilotda magistratura talabasining stajirovkasiga umumiy rahbarlik qiladi;
magistratura talabasiga zarur yo’l-yo’riqlar va tushuntirishlar beradi;
magistratura talabasini qabul qiluvchi tashkilot obhektlarining tuzilishi, faoliyat yo’nalishlari va boshqa o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi;
magistratura talabasining stajirovka o’tash dasturiga taalluqli zarur materiallardan foydalanishini tahminlaydi;
magistratura talabasiga stajirovka o’tash dasturida nazarda tutilgan masalalar bo’yicha zarur maslahatlar beradi;
magistratura talabasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va stajirovka kundaligining yuritilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
OTMdan stajirovka rahbari bilan stajirovka o’tash holati bo’yicha muntazam ravishda aloqada faoliyat olib boradi;
stajirovka kundaligining tegishli qismlarini imzolaydi, imzo qabul qiluvchi tashkilot muhri (muhr mavjud bo’lgan taqdirda) bilan tasdiqlanadi;
OTMdagi stajirovka rahbari yoki OTM rahbariyatini magistratura talabasining stajirovka o’tash uchun kelmayotganligi yoki u tomonidan stajirovka o’tash dasturi bajarilmayotganligi yoxud mehnat intizomi buzilayotganligi haqida xabardor qiladi;
21. Qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari magistratura talabasidan stajirovka o’tash dasturi bilan bog’liq bo’lmagan vazifa va to’shiriqlarni bajarishni talab etishga haqli emas.
4-bob. Magistratura talabasining stajirovka bo’yicha huquq va majburiyatlari
22. Magistratura talabasi:
stajirovkani o’tash shartlari va tartibi bilan oldindan tanishish;
stajirovka bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirish;
stajirovka yuzasidan zarur axborotlar olish huquqiga ega.
23. Magistratura talabasi zimmasiga:
stajirovkani belgilangan muddatlarda o’tash;
stajirovka o’tash dasturida ko’rsatilgan to’shiriqlarni (ishlarni) belgilangan tartibda, to’liq va sifatli bajarish;
stajirovka kundaligini har kuni va tartibli yuritish, jumladan stajirovka davomida bajarilgan ishlarni stajirovka kundaligiga qayd etib borish;
qabul qiluvchi tashkilotda (davlatda) belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish majburiyati yuklatiladi.
24. Magistratura talabasi stajirovka bo’yicha qonun hujjatlarida yoki oliy ta’lim muassasasi ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo’lishi va uning zimmasiga boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
5-bob. Stajirovka o’tash bosqichlari
25. Stajirovka o’tash quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
tayyorlov bosqichi (stajirovka o’tashning birinchi kuni);
asosiy bosqich;
yakuniy bosqich (stajirovka bo’yicha hisobot himoyasi).
26. Stajirovka o’tashning tayyorlov bosqichida — qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka o’tash uchun kelgan magistratura talabasi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari, tashkilotda stajirovka o’tashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, vazifa va funktsiyalari, faoliyat yo’nalishlari bilan tanishtiriladi hamda stajyorga stajirovka o’tash dasturiga muvofiq tegishli ko’rsatmalar beriladi. Mazkur bosqichda magistratura talabasi tomonidan qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan kelishgan holda stajirovka o’tash dasturini bajarish bo’yicha reja-jadval (kalendarg’ reja) tuziladi.
27. Stajirovka o’tashning asosiy bosqichida — magistratura talabasi tomonidan stajirovka o’tash dasturini bajarish bo’yicha reja-jadvalda (kalendarg’ rejada) nazarda tutilgan ishlar bajariladi.
28. Stajirovka o’tashning yakuniy bosqichida — magistratura talabasi tomonidan stajirovka o’tash davrida (jarayonida) amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari ko’rib chiqiladi, tahlil qilinadi hamda baholanadi.
6-bob. Stajirovkani rasmiylashtirish
29. Magistratura talabasi birinchi semestrni (birinchi kursni) muvaffaqiyatli tugatgandan so’ng, stajirovka o’tashga yuboriladi. Stajirovka rejalashtirilayotganda uning yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishiga ikki oy qolgunga qadar yakunlanishi hisobga olinishi lozim.
30. Magistratura talabasining u ta’lim olayotgan OTM bilan oldindan tuzilgan tegishli kelishuv (shartnoma) mavjud bo’lgan tashkilotlarda stajirovka o’tashi nazarda tutilganda, unga OTM rektorining (direktorining) OTM kengashi tavsiyasiga muvofiq chiqargan buyrug’i bilan ushbu tashkilotda stajirovka o’tash uchun yo’llanma beriladi.
31. Magistratura talabasi yozgi tahtil davrida stajirovka o’tash uchun yuborilishi mumkin.
32. Stajirovka o’tash jarayonida magistratura talabasi tomonidan stajirovka kundaligi yuritiladi.
Stajirovka kundaligi OTMdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka boshlanishidan oldin be’ul beriladi.
33. Stajirovka o’tash davrida amalga oshirilgan ishlar stajirovka dasturiga muvofiq stajirovka kundaligiga yozib boriladi va qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan imzolab boriladi.
34. Stajirovka o’tashning normal kunlik davomiyligi olti soatni tashkil etadi.
35. Stajirovkaning oxirgi kuni qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari stajirovka kundaligida stajirovka o’tash natijalarini xulosa tarzida bayon etadi va imzolaydi.
Qabul qiluvchi tashkilot rahbariyati tomonidan stajirovka o’tagan magistratura talabasiga uning iltimosiga ko’ra yozma ravishda tavsifnoma berilishi mumkin.
36. Stajirovka o’tash uchun yuborilgan magistratura talabalari o’quv jadvalini individual grafik asosida bajaradi.
37. Stajirovka o’tash muddati ilmiy rahbarning asoslangan tavsiyasiga muvofiq OTM rektori (direktori) buyrug’i bilan bir oygacha uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda zarur hujjatlarga tegishli o’zgartirishlar kiritiladi.
Stajirovkaning uzluksiz davomiyligi uch oydan oshmasligi kerak.
Stajirovka nazariy ta’limning o’zaro aloqasini tahminlash shartini bajargan holda nazariy bilimlar bilan navbatlanish yo’li orqali amalga oshirilishi mumkin.
38. Magistratura talabasi xorijda stajirovka o’tash uchun OTMning xalqaro aloqalar bilan shug’ullanuvchi bo’limiga qabul qiluvchi tashkilotdan olingan rasmiy taklifnomani, xorijda stajirovka o’tash uchun qabul qiluvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomani (yozma ravishdagi kelishuvni) ilova qilgan holda murojaat etadi.
39. OTMning xalqaro aloqalar bilan shug’ullanuvchi bo’limi magistratura talabasining xorijda stajirovka o’tashi masalasini o’rganib chiqadi va ko’rib chiqish uchun OTM kengashiga murojaat qiladi.
40. OTMning xalqaro aloqalar bilan shug’ullanuvchi bo’limi stajirokani tashkil etish bo’yicha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
xorijda stajirovka o’taydigan magistratura talabalari ro’yxatini tayyorlaydi;
xorijda stajirovka o’taydigan magistratura talabasiga xorijga chiqish-kelish tartibini tushuntiradi;
xorijda stajirovka o’taydigan magistratura talabasiga xorijda o’zini tutish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar beradi;
zarur hujjatlarni, jumladan vizani rasmiylashtirishda magistratura talabasiga amaliy yordam ko’rsatadi.
41. Stajirovkani xorijda o’tash uchun magistratura talabasi:
qabul qiluvchi tashkilot joylashgan davlat tilini yoki shartnomada ko’rsatilgan chet tilini bilishi;
stajirovka boshlanishidan kamida uch oy oldin chetga chiqish bo’yicha tegishli hujjatlarini tayyorlashi, jumladan zarur hollarda viza rasmiylashtirishi;
stajirovka boshlanishidan kamida bir oy oldin stajirovka o’tash dasturini bajarish bo’yicha reja-jadvalni (kalendarg’ rejani) qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishishi lozim.
42. Xorijda stajirovka o’tash uchun qabul qiluvchi tashkilot bilan tuziladigan shartnomada magistratura talabasining tashkilot joylashgan davlatdagi turar joyi, yashashi va yo’l xarajatlari miqdori, manbalari hamda ular kim tomonidan qo’lanishi va boshqa muhim shartlar ko’rsatilishi zarur.
43. Magistratura talabasi homiy tashkilot mablag’lari hisobidan xorijda stajirovka o’tashi mumkin. Bunda stajirovka homiy tashkilot bilan OTM o’rtasidagi shartnomaga (kelishuvga) muvofiq amalga oshiriladi.
7-bob. Stajirovka bo’yicha hisobot himoyasi
44. Magistratura talabasi stajirovka o’tab bo’lgandan so’ng, stajirovka bo’yicha yozma ravishda hisobot tayyorlaydi.
45. Stajirovka yakunlari bo’yicha hisobotda quyidagi mahlumotlar aks ettirilishi lozim:
stajirovka muddati, stajirovka o’talgan tashkilotning nomi, joylashgan yeri;
OTMdagi stajirovka rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari haqida qisqacha mahlumotlar,;
stajirovka dasturida ko’rsatilgan tadbirlarning bajarilganlik holati, bajarilmagan tadbirlar bo’yicha magistratura talabasining asosli tushuntirishlari va tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi mahlumotlar;
stajirovka xorijda o’talgan bo’lsa, OTM xalqaro aloqalar bilan shug’ullanuvchi bo’limining xorijda o’talgan stajirovka bo’yicha xulosalarini aks ettiruvchi mahlumotlar;
stajirovka bo’yicha hisobotning ilmiy konfrentsiyalarda mahruza qilinganligi va mazkur mahruzaning muhokama natijalariga ko’ra ijobiy baholanganligini, ilmiy nashrlarda cho’ etilganligini ko’rsatuvchi mahlumotlar, agar mavjud bo’lsa;
magistrlik dissertatsiyasi (dissertatsiyaning rejalashtirilgan qismi) bo’yicha amalga oshirilgan tajriba sinovlari yoki tadqiqot ishlari natijalari haqidagi mahlumotlar;
sohani takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan asosli amaliy takliflar;
stajirovka o’tash bo’yicha boshqa muhim masalalar.
46. Stajirovka bo’yicha hisobot himoyasi stajirovka yakunlangandan so’ng, bir oy ichida OTMda tashkil etiladi.
47. Stajirovka natijalari bo’yicha magistratura talabasi tomonidan stajirovka yakunlangan kundan ehtiboran 3 kun ichida OTM buxgalteriyasiga stajirovka davomida qilingan maqsadli xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (borish-kelish yo’l xarajatlari chi’talari, turar joy (mehmonxona) to’lovlari kvitantsiyalari va boshqa hujjatlar) ilova qilingan holda xarajatlar haqida hisobot taqdim etiladi.
48. Magistratura talabasi OTMda stajirovka bo’yicha hisobot himoyasi o’tkazilgunga qadar stajirovka bo’yicha hisobotni dastlab mutaxassislik kafedrasi yig’ilishida himoya qiladi. Himoya yakunlari bo’yicha mutaxassislik kafedrasi tomonidan yozma ravishda xulosa beriladi.
49. Magistratura talabasi stajirovka bo’yicha hisobot himoyasi o’tkazilishidan kamida 5 kun oldin OTMdagi stajirovka rahbariga stajirovka yakuni bo’yicha quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
stajirovka bo’yicha hisobot;
stajirovka kundaligi;
stajirovka o’tash vaqtida to’’langan materiallar yig’majildi (ularning ro’yxati stajirovka kundaligida aks ettirilgan bo’lishi lozim). To’’langan materiallar yig’majildi stajirovka bo’yicha baho qo’yilgandan so’ng, kelgusida o’quv va amaliy faoliyatda foydalanish uchun magistratura talabasiga qaytarib beriladi.
50. OTMdan stajirovka rahbari stajirovka yakuni bo’yicha taqdim etilgan hujjatlarni o’rganib, stajirovka kundaligida stajirovka o’tash natijalarini xulosa tarzida bayon etadi va imzolaydi.
51. Stajirovka bo’yicha hisobot himoyasi OTM rektori (direktori) buyrug’i bilan OTMning malakali va tajribali ‘edagog xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan OTMda o’tkaziladi.
52. Stajirovka bo’yicha hisobot himoyasida qabul qiluvchi tashkilot vakili ishtirok etishi mumkin. OTMning xalqaro aloqalar bilan shug’ullanuvchi bo’limi xodimi (magistratura talabasi xorijda stajirovka o’tagan bo’lsa), OTMdan stajirovka rahbari stajirovka bo’yicha hisobot himoyasida ishtirok etishi shart, ular uzrli sabablarga ko’ra ishtirok etmagan hollar bundan mustasno.
53. Stajirovka bo’yicha hisobot himoyasi komissiya ahzosining stajirovka bo’yicha rahbarlar xulosalarini o’qib eshittirishidan boshlanadi.
Stajirovka rahbarlari xulosalari o’qib eshittirilgandan so’ng, magistratura talabasining stajirovka bo’yicha xulosasi, stajirovka davomida to’’lagan materiallari, shuningdek stajirovkaga oid taklif va mulohazalari tinglanib, komissiya tomonidan muhokama qilinadi.
54. Stajirovka bo’yicha hisobot himoyasi quyidagi mezonlariga asosan baholanadi:
magistratura talabasining nazariy va amaliy bilimlari darajasi;
magistratura talabasi tomonidan stajirovka davomida to’’langan materiallarning tuzilishi darajasi va sifati hamda stajirovka o’tash davomida o’rganilgan masalalarning yoritib berilishi;
bildirilgan takliflarning asosliligi va amaliy ahamiyati.
55. Stajirovka bo’yicha hisobot himoyasi natijalari 100 (yuz) ballik tizimda baholanadi va shu kunning o’zida magistratura talabasiga ehlon qilinadi.
56. Magistratura talabasi stajirovka bo’yicha hisobotni ilmiy konfrentsiyalarda mahruza qilsa va mazkur mahruza muhokama natijalariga ko’ra ijobiy baholansa, shuningdek ilmiy maqola sifatida ilmiy nashrlarda cho’ ettirsa, u hisobotni rasmiy himoya qilgan hisoblanadi.
57. Stajirovka bo’yicha hisobot ilmiy konfrentsiyalarda mahruza qilinganligi va mazkur mahruza muhokama natijalariga ko’ra ijobiy baholanganligini, ilmiy nashrlarda nashr etilganligini tasdiqlovchi hujjat(lar) komissiyaga taqdim etiladi. Bunda hisobotni himoya qilish talab etilmaydi hamda u mahruza va maqolaning sifatiga qarab komissiya tomonidan baholanadi.
58. Stajirovka bo’yicha qo’yilgan ball fanlar bo’yicha qo’yiladigan ballarga tenglashtiriladi va umumiy o’zlashtirish yakunlarini chiqarishda inobatga olinadi.
Stajirovka yakunlari bo’yicha qoniqarsiz baho qo’yilganda, magistratura talabasi stajirovka bo’yicha hisobotni bir oy ichida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayta himoya qilish huquqiga ega. Bunda OTM rektorining (direktorining) tegishli buyrug’i chiqarilishi lozim.
Stajirovka bo’yicha hisobotni qayta himoya qilish yakunlari bo’yicha qoniqarsiz baho qo’yilganda, shuningdek stajirovka uzrli sabablarsiz o’talmaganda magistratura talabasi akademik qarzdor deb hisoblanadi va belgilangan tartibda talabalar safidan chetlashtiriladi.
59. Magistratura talabasi stajirovkani uzrli sabablarsiz o’tamaganda, stajirovka o’tash bilan bog’liq barcha xarajatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
Magistratura talabasining og’ir kasalligi, favqulodda holatlar (yaqin qarindoshining vafot etganligi yoki uning oilasiga jiddiy moddiy (mahnaviy) zarar yetkazgan voqea va shu kabi boshqa holatlar) yuz berganligi sababli, stajirovka o’tashga bora olmaganligi yoki stajirovka dasturini to’liq yakunlay olmaganligi uzrli holatlar deb to’iladi. Bunda magistratura talabasi ushbu holatlar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim.
8-bob. Stajirovkani moliyalashtirish
60. Stajirovka o’tash davrida magistratura talabalarining sti’endiya olish huquqi saqlanib qoladi.
61. Quyidagilar stajirovka o’tashni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
ushbu maqsadlar uchun ajratilgan OTMning byudjetdan tashqari mablag’lari;
qabul qiluvchi tashkilotning mablag’lari (byudjet tashkilotlarida ularning ushbu maqsadlar uchun ajratilgan byudjetdan tashqari mablag’lari);
xorijiy davlatlardagi qabul qiluvchi tashkilotning mablag’lari;
homiylarning beg’araz yordami tufayli tushgan (ushbu maqsadlar uchun ajratilgan) mablag’lari;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa manbalar.
9-bob. Yakuniy qoidalar
62. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo’yicha nizolar qonun hujjatlari asosida hal etiladi.
63. Mazkur Nizom O’zbekiston Res’ublikasi Moliya vazirligi, Fizika vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Madaniyat va s’ort ishlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Davlat soliq qo’mitasi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi, «O’zbekiston temir yo’llari» AJ va Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri ‎ R. AZIMOV 2015 yil 30 oktabr
Fizika vaziri ‎ G. SAIDOVA 2015 yil 30 oktabr
Sog’liqni saqlash vaziri A. ALIMOV 2015 yil 30 oktabr
Tashqi ishlar vaziri A. KOMILOV 2015 yil 30 oktabr
Xalq ta’limi vaziri U. INOYaTOV 2015 yil 30 oktabr
Qishloq va suv xo’jaligi vaziri SH. TESHAEV 2015 yil 30 oktabr
Madaniyat va s’ort ishlari vaziri B. AXMEDOV 2015 yil 30 oktabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV 2015 yil 30 oktabr
Fanlar akademiyasi ‘rezidenti SH. SALIXOV 2015 yil 30 oktabr
Davlat soliq qo’mitasi raisi B. ‘AR’IEV 2015 yil 30 oktabr
O’zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURITDINOV 2015 yil 30 oktyabr
«O’zbekiston temir yo’llari» AJ raisi A. RAMATOV 2015 yil 30 oktyabr
Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi bosh direktori Q. SANAQULOV
Yüklə 33,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin