O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 O’tkir Hoshimovning qaysi qissalari yoshlar hayotidan olib yozilgan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   187
472. O’tkir Hoshimovning qaysi qissalari yoshlar hayotidan olib yozilgan? 
O’tkir Hoshimovning “Gunafsha”, “Shamol esaveradi”, “Odamlar nima 
derkin?”, “Qalbingga quloq sol”, kabi qissalari ijodining ilk bosqichlarida 
yaratilgan bo’lib, yoshlar hayotiga bag’ishlangan. Ularning qahramonlari- maktab 
o’quvchilari, talabalar, aspirantlar, yosh domlalar. Ular endigina hayotda mustaqil 
qadam qo’ya boshlagan avlod vakillari. Ular sevadilar, sevgida maqsadlariga 
yetadilar ham, adashadilar ham. Shafqatsiz hayot ularni ilk qadamlaridanoq 
mashaqqatli sinovga ro’para qiladi. Ba’zilari imtihon qozonlarida qaynab, pishib 
chiqadilar, ba’zilari esa, boshlariga tushgan balo toshlariga bardosh berolmay, 
fojiaga yo’liqadilar. 
473. O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida nimalar deya 
olasiz?
67
Aбдуллa Қaҳҳoр зaмoндошлари xoтирaсидa. – T.: Aдaбиёт вa сaнъaт нaшриёти, 1987, 260-бeт. 


Taniqli adib O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi kitobxonlar 
qalbidan chuqur joy olgan asardir. Unda asar voqealari muallif nutqi bilan emas, 
balki personaj nutqi, ya’ni hikoyachi qahramon tilidan hikoya qilinadi. 
“Dunyoning ishlari” bir qarashda avtobiografik qissaga o’xshaydi. Unda muallif
o’z onasi to’g’risida, urush yillarida kechgan bolaligi to’g’risida so’z yuritadi. 
Lekin yozuvchining asosiy niyati o’zi uchun eng aziz siymo – Onaning portretini 
chizish, uning hayot yo’lini bayon etish, sha’niga maqtovlar aytib, xotirasini 
abadiylashtirish va shu yo’l bilan farzandlik burchini o’tashdangina iborat emas. 
Unda onaga bag’ishlangan ko’pgina asarlardan farq qilmaydigan oddiy asar bo’lib 
qolardi. Zero, unda ona degan buyuk zotga xos barcha sifatlar mujassam. 
474. O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin