O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 O’tkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asarining bosh qahramoni



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   187
478. O’tkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asarining bosh qahramoni 
kim? Siz u haqda nimalar bilasiz?
“Nur borki, soya bor” romanining bosh qahramoni – Sherzod. Kasbi – jurnalist, 
shu sabab o’zining bosh vazifasini hayotda haqiqat tantanasi uchun kurashmoq deb 
biladi. U o’z faoliyatining boshida ancha g’o’r, sodda yigit bo’lib ko’rinadi, ba’zi 
balandparvoz gaplarga ishinadi, adolat o’rnatishni juda oson ko’chadigan ish deb 
biladi. Faqat qarama-qarshi kuchlar bilan hayot-mamot kurashiga kirgandan keyin,
tuhmatlarga uchrab, juda katta qiyinchiliklar bilan haqiqatga erishgach, Sherzod 
hayotning nechog’lik murakkab ekaniga amin bo’ladi.
479. O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik romani” qachon yozilgan va qanday 
masalalar ko’tarilgan? 
O’tkir Hoshimovning ijodiy muvaffaqiyati 1986-yilda yozilgan “Ikki eshik 
orasi” romani bilan bog’liq. Voqea Toshkent atrofidagi qishloqlardan birida, urush 
yillarida bo’lib o’tadi.Yozuvchi asarda urushni qoralaydi, g’ayriinsoniy mohiyatini 
va jarohatlari ko’p yillar mobaynida odamlarga ozor yetkazishini ko’rsatadi. Shu 
bilan birga, adib asarda o’rni-o’rnida qishloq kishilarining urushdan oldingi va 
urushdan keyingi hayotidan ham lavhalar chizadi. Asarda kolxoz qurilishi, urush 
va Toshkent zilzilasi bilan bog’liq bo’lgan qariyb qirq yillik hayot qamrab olingan. 
480. O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani kompozitsiyasi qanday? 
 
O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani uslubi tabiiyligi va 
samimiyligi bilan ajralib turadi. Uning tuzilishi- kompozitsiyasi ham o’ziga xos. 
Roman yetti qism, qirq yetti bobdan iborat, undagi voqealarni hikoya qilishda 
to’qqiz personaj qatnashadi. Bunday tasvir usuli ancha qiyin, voqealar tarqalib 
ketishi,ular orasida uzilish yuz berishi hech gap emas. Adib romanda ichki yaxlitlik 


paydo qilgan. Bunday kompozitsion qurilishning bitta afzal ligi bor – har qaysi bob 
biror personajning ichki monologi tarzida berilgani uchun kitobxon ularning ichki 
dunyosini, ahvoli ruhiyasini to’laroq bilish imkoniga ega. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin