O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Adib O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida qanday



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   187
483. Adib O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida qanday 
voqealar aks etgan? 
O’tkir Hoshimovning 1992-yilda yozgan bu romanida XX asrning 80-
yillaridagi hayot ustalik bilan aks ettirilgan. Asarda oshkoralik va tanqidiy ruh 
kuchli. Ijodkor kishilarimiz ongi va ruhiyatida tarkib topgan insoniylik, poklik, 
mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi xislatlarni  ulug’laydi, adolatsizlik, 
mansabparastlik, nopoklik, diyonatsizlikni qattiq qoralaydi. 


484. O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanidagi voqealar 
qayerda bo’lib o’tadi? 
O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” 
romani voqealari qisman Afg’onistonda va asosan, O’zbekistonda bo’lib o’tadi. 
Asarning bosh qahramoni Rustam – Afg’onistonda “o’z burchini” bajarib, nogiron 
bo’lib kelgan, vijdonli, pok yigit. U o’z yurtiga qaytgach, adolat va haqiqat uchun 
kurashadi, adolat topolmay, oxir-oqibatda o’z-o’zini o’ldirishga majbur bo’ladi.  
Mavzu: Shukur XOLMIRZAYEV 
 
485. Shukur Xolmirzayev kim? 
Shukur Xolmirzayev XX asr o’zbek adabiyotining so’nggi bosqichida so’z 
san’atimizni yangi saviyaga ko’tarishga salmoqli hissa qo’shgan zabardast 
adiblarimizdan biridir. Yozuvchi talabalik yillaridan iste’dodini tirishqoqlik bilan 
parvarish etdi. O’nlab hikoyalar, “Oq otli”(1961) va “To’lqinlar” (1962) nomli 
qissalari shu vaqtda yozilgan. Tanqidchilik bu asarlarlarni yaxshi kutib olgan. 
Mashhur yozuvchi Abdulla Qahhorning yosh adib haqida aytgan iliq fikrlari, 
tanqidchi Matyoqub Qo’shjonovning matbuotdagi umidbaxsh mulohazalari 
kitobxon e’tirofini mustahkamladi. 
486. Shukur Xolmirzayev nomini mashhur qilgan asari qaysi? 
Yigirma besh yoshga kirgan Shukur Xolmirzayev “O’n sakkizga kirmagan kim 
bor?” (1965) qissasi bilan adabiy jarayondan dadil o’z o’rnini olishga ??? 
chog’langanini ko’rsatdi. Qissa yoshlar, ayniqsa, talabalar orasida keng bahslarga 
sabab bo’ldi. Tanqidchilar adib haqida munozara qildilar. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin