Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga qiyosiy tilshunoslikning zamonaviy yo'nalishlari va fanning fundamental masalalari bo'yicha nazariy bilim berish,ularni jahon va O'zbekiston tilshunos olimlarining qiyosiy tilshunoslik sohasida yaratgan va ma'lum darajada muhim ahamiyatga molik nazariy ishlari bilan tanishtirish hamda shu sohada mustaqil ilmiy-tadqiqot ish olib borish ko'nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – qiyosiy tilshunoslik fanining ilmiy apparati, uning asosiy yo'nalishlari va dolzarb muammolari bilan tanishtirish; fan muammolari buyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish uchun zamonaviy metodlarni o'rgatish; tillarni qiyoslash sohasidagi nazariy bilimlarini chukurlashtirish va qiyoslanayotgan tillar tuzilmalaridagi o'xshashlik va farqlarni aniqlash; turli kontseptsiyalarni tanqidiy baholash va ularni qiyoslanayotgan tillarning materiali asosida tahlil qilishga o'rgatishdir
ASOSIY NAZARIY QISM (MA’RUZAMASHG’ULOTLARI)
Tilshunoslik fanining bir tarmog'i bo'lmish qiyosiy tilshunoslik fanining asosiy mazmuni. Fanning o'qitishning maqsad va vazifalari, uning predmeti va ob'ekti. Qiyosiy tilshunoslikning dolzarb masalalari to'g'risida umumiy ma'lumotlar. Qiyosiy tilshunoslik fanining zamonaviy yo'nalishlari.
2-mavzu. Qiyosiy tilshunoslik fanining zamonaviy yo'nalishlari. Tilshunoslik fanining bir tarmog'i bo'lmish qiyosiy tilshunoslik fanining asosiy mazmuni. Fanning o'qitishning maqsad va vazifalari, uning predmeti va ob'ekti. Qiyosiy tilshunoslikning dolzarb masalalari to'g'risida umumiy ma'lumotlar. Qiyosiy tilshunoslik fanining zamonaviy yo'nalishlari
3-mavzu. Qiyosiy tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari Qiyosiy tilshunoslikda ishlatiluvchi asosiy atamalar talqini: lingvistik –
nolingvistik tipologiya, qiyoslash turlari: ichki – tashqi, substantsional –nosubstantsional; “shakldan-ma'noga” va “ma'nodan-shaklga” tamoyilining ishlatilishi, tilda tip tushunchasi, metatil tushunchasi va uning tillarni qiyosiy o'rganishdagi roli, til universaliyalari va ularning qiyoslanayotgan tillarda namoyon bo'lishi, izomorfizm va allomorfizm tushunchalari, qiyoslashda sinxron va diaxron yondashuv va h.k.
4-mavzu. Turli til sistemalarini qiyosiy o'rganishning zamonaviy metodlari va metodologiyasi Qiyosiy-tarixiy metodning paydo bo'lishi. F.Bopp, R.K. Rask, A.fon Shlegel`, V.fon Shlegel`, YA.Grimm kabi olimlarning ushbu metod shakllanishiga qo'shgan hissasi. Qiyosiy metod qiyosiy tilshunoslik fanining asosiy qo'llaniladigan metodi sifatida. An'anaviy metodlarning qiyosiy tilshunoslik fanida foydalanilishi: komponent tahlil, transformatsion tahlil, lingvostatistik tahlil kabilar.Lingvomadaniyatshunoslik sohasida qo'llaniladigan metodlar: dominant tahlil, diskurs tahlil, klaster tahlili, kontseptual tahlil.