O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi



Yüklə 47,76 Kb.
səhifə1/10
tarix01.04.2023
ölçüsü47,76 Kb.
#92351
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2.1 Qiyosiy tilshunoslik Muhammadjon


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi







«TASDIQLAYMAN»
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, ______________D.Xolmatov
« __ » _______2022 yil




QIYOSIY TILSHUNOSLIK

FANINING O‘QUV DASTURI


Bilim sohasi: 200000 - San’at va gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 230000 - Tillar

Mutaxassisligi: 70230101–Lingvistika (ingliz tili)




NAMANGAN – 2022


Fan/modul kodi
QT1106

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
3

ECTS - Kreditlar
4

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4

1.



Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari
(soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklam
a(soat)

Qiyosiy tilshunoslik

60

60

120



2.

  1. FANNING MAZMUNI

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga qiyosiy tilshunoslikning zamonaviy yo'nalishlari va fanning fundamental masalalari bo'yicha nazariy bilim berish,ularni jahon va O'zbekiston tilshunos olimlarining qiyosiy tilshunoslik sohasida yaratgan va ma'lum darajada muhim ahamiyatga molik nazariy ishlari bilan tanishtirish hamda shu sohada mustaqil ilmiy-tadqiqot ish olib borish ko'nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – qiyosiy tilshunoslik fanining ilmiy apparati, uning asosiy yo'nalishlari va dolzarb muammolari bilan tanishtirish; fan muammolari buyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish uchun zamonaviy metodlarni o'rgatish; tillarni qiyoslash sohasidagi nazariy bilimlarini chukurlashtirish va qiyoslanayotgan tillar tuzilmalaridagi o'xshashlik va farqlarni aniqlash; turli kontseptsiyalarni tanqidiy baholash va ularni qiyoslanayotgan tillarning materiali asosida tahlil qilishga o'rgatishdir

  1. ASOSIY NAZARIY QISM (MA’RUZAMASHG’ULOTLARI)

II.1. FAN TARKIBIGA QUYIDAGI MAVZULARKIRADI:

  1. mavzu. Qiyosiy tilshunoslik faniga kirish

Tilshunoslik fanining bir tarmog'i bo'lmish qiyosiy tilshunoslik fanining asosiy mazmuni. Fanning o'qitishning maqsad va vazifalari, uning predmeti va ob'ekti. Qiyosiy tilshunoslikning dolzarb masalalari to'g'risida umumiy ma'lumotlar. Qiyosiy tilshunoslik fanining zamonaviy yo'nalishlari.
2-mavzu. Qiyosiy tilshunoslik fanining zamonaviy yo'nalishlari.
Tilshunoslik fanining bir tarmog'i bo'lmish qiyosiy tilshunoslik fanining asosiy mazmuni. Fanning o'qitishning maqsad va vazifalari, uning predmeti va ob'ekti. Qiyosiy tilshunoslikning dolzarb masalalari to'g'risida umumiy ma'lumotlar. Qiyosiy tilshunoslik fanining zamonaviy yo'nalishlari
3-mavzu. Qiyosiy tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari
Qiyosiy tilshunoslikda ishlatiluvchi asosiy atamalar talqini: lingvistik –
nolingvistik tipologiya, qiyoslash turlari: ichki – tashqi, substantsional –nosubstantsional; “shakldan-ma'noga” va “ma'nodan-shaklga” tamoyilining ishlatilishi, tilda tip tushunchasi, metatil tushunchasi va uning tillarni qiyosiy o'rganishdagi roli, til universaliyalari va ularning qiyoslanayotgan tillarda namoyon bo'lishi, izomorfizm va allomorfizm tushunchalari, qiyoslashda sinxron va diaxron yondashuv va h.k.
4-mavzu. Turli til sistemalarini qiyosiy o'rganishning zamonaviy
metodlari va metodologiyasi
Qiyosiy-tarixiy metodning paydo bo'lishi. F.Bopp, R.K. Rask, A.fon Shlegel`, V.fon Shlegel`, YA.Grimm kabi olimlarning ushbu metod shakllanishiga qo'shgan hissasi. Qiyosiy metod qiyosiy tilshunoslik fanining asosiy qo'llaniladigan metodi sifatida. An'anaviy metodlarning qiyosiy tilshunoslik fanida foydalanilishi: komponent tahlil, transformatsion tahlil, lingvostatistik tahlil kabilar.Lingvomadaniyatshunoslik sohasida qo'llaniladigan metodlar: dominant tahlil, diskurs tahlil, klaster tahlili, kontseptual tahlil.

Yüklə 47,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin