III. Seminar mashg’ulotlari III.1. Seminar mashg’ulotlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Seminar mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Seminar mashg'ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Qiyosiy tilshunoslikning dolzarb masalalari to'g'risida umumiy ma'lumotlar.
2. Tipologik tadqiqotlarning zamonaviy yo'nalishlari
3. Qiyosiy tilshunoslik shakllanishi va rivojlanishining asosiy boskichlari va
faktorlari
4. Qiyosiy tilshunoslikning leksikografiya, stilistika, tarjima nazariyasi va til uqitish metodikasi kabi fanlar bilan uzviy bog'likligi.
5. Lingvistikaning zamonaviy yo'nalishlaridagi qiyosiy-tipologik tadqiqotlar
6. Qiyosiy tilshunoslikda kategoriyalash muammolari
7. Tipologik kategoriyalar
8. Tilning leksik satxini tadqiq etishda kategoriyalash muammolari
9. Turli tillarning barcha sathlaridagi chog'ishtirma tadqiqot muammolari
10. Interferentsiya muammolari
Seminar mashg'ulotlari mul`timedia vositalari bilan jihozlangan
auditoriyada seminar guruhga bir o'qituvchi tomonidan o'tkazilishi lozim.
Mashg'ulotlarda talabalar matn lingvistikasi fani bo'yicha ma'ruzada olgan bilim va ko'nikmalarini turli matnlarni amaliy, nazariy-pragmatik, amaliy masalalar va mashqlar, tahlil metodlarni amalda qo'llash, taqdimotlar orqali yanada boyitadilar. Mashg'ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o'tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo'llanilishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, darslik va o'quv qo'llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo'yicha taqdimotlar, bahs-munozaralar, guruh muzokaralarini o'tkazish va boshqalar tavsiya etiladi