4-mavzu. XI-XII asr o‘zbek lug‘atchiligi. “Devonu lug‘otit turk”ning arab lug‘atchiligi an’analariga asoslanganligi va unda so‘zlarning berilish tartibi, fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarining yoritilishi, asosan, turkiy tili, jumladan, o‘zbek tiliga xos so‘zlarning qayd etilganligi. “Muqaddimat ul-adab” asarining o‘zbek lug‘atiligida tutgan o‘rni hamda unda arab, fors, mo‘g‘ul tillariga oid so‘zlarning qo‘llanishi.
5-mavzu. XII-XIV asr o‘zbek lug‘atchiligi. “At-tuhfat uz-zakiyatu fi-lug‘atit-turkiya”, “Tarjumon”, “Kitobu bulag‘otil mushtaqori lug‘otit turk val qifchoq”, “Kitob ul idrok li-lison ul-atrok” asarlarining o‘ziga xos xususiyatlari. Lug‘atda turkiy tillar leksikasi va grammatikasiga oid ma’lumotlarning aks etishi.
6-mavzu. O‘zbek lug‘atchiligining eski o‘zbek tili davri Navoiy asarlariga tuzilgan lug‘atlar. “Badoyi’ al-lug‘at”, “Abushqa”, “Lug‘ati turki”, “Kelurnoma”, “Sanglox”, “Lug‘ati chig‘atoy va turki usmoniy” kabi o‘zbekcha-forscha, o‘zbekcha-turkcha lug‘atlarda so‘zlarning joylashish tartibi va tamoyillari. Ularda xalq xo‘jaligining turli sohalariga mansub so‘z va terminlarning ifodalanishi.