I. FANNING MAZMUNI Fanni o‘qitishdan maqsad - “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘grisida”gi Farmondagi “O‘zbek tilining asl tabiati va xususiyatlarini to 'la aks ettiradigan mukammal akademik va o‘quv gram m atikalarini yaratish, uning tovushlar tizimi va ularning yozuvda aks etishi, joriy imlo qoidalarini takom illashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash, turli mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha lug‘at va qomuslar, risola va darsliklar yaratish” to‘g‘risidagi fikrdan kelib chiqqan holda fanni o‘qitishning maqsadi leksikografiya sohasining predmeti, maqsadi va vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, o‘zbek leksikografiyasining shakllanish va taraqqiyot bosqichlari, o‘zbek lug‘atchiligining eski turkiy til, eski o‘zbek tili, XIX asr ikkinchi yarm i- X X asr 30-yillaridagi, XX asr 40-50-yillaridagi, mustaqillik yillaridagi davri, o‘zbek lug‘atchiligining shakllanishi va rivojlanishiga turtki boMgan ijtimoiy shart-sharoit va omillar, bu jarayonda boshqa tillarning tutgan o‘rnii haqida ma’lumot berishdan iborat.
Fanni o‘qitishda “Leksikografiya asoslari" fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkam iash, talabalarda o‘zbek lug‘aichiligi bo‘yicha boshlang‘ich bilim ko‘nikm alarini hosil qilish, etimologik, qiyosiy va chog‘ishtirma lug‘atlar yaratish, zarur termin va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, ensiklopedik va lingvistik lug‘atlam ing farqli jihatlari, maxsus lug‘atlar, lug‘at maqolalari sxemasi, o‘zbek lug‘atchiligining tarixiy ildizlari, uning eski turkiy til va eski o‘zb ek tili davridagi holati, istiqlol yillaridagi rivoji haqida bilim berish vazifalarini am alga oshirish nazarda tutiladi.