IV. ATTESTATSIYA SINOVI NATIJALARINI
BAHOLASH MEZONI
11. Attestatsiya sinovi bo`yicha talabalar bilimini baholash O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug`i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to`g`risida”gi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
12. Attestatsiya sinovi bo`yicha talabalar bilimini baholashda 5 baholik tizim qo`llaniladi.
13. Talabaning Attestatsiya sinovidagi natijalari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, o`z bilimlarini amalda qo`llash imkoniyatlarini ochib beradi, topshiriq (mavzu)ning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda topshiriq (mavzu) bo`yicha tasavvurga ega deb topilganda – “5” (ahlo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, o`z bilimlarini amalda qo`llash imkoniyatlarini ochib beradi, topshiriq (mavzu)ning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda topshiriq (mavzu) bo`yicha tasavvurga ega deb topilganda – “4” (yaxshi) baho;
Talaba o`z bilimlarini amalda qo`llash imkoniyatlarini ochib beradi, topshiriq (mavzu)ning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda topshiriq (mavzu) bo`yicha tasavvurga ega deb topilganda – “3” (qoniqarli) baho;
Talaba mazkur Dasturni o`zlashtirmagan, topshiriq (mavzu)ning mohiyatini tushunmaydi hamda topshiriq (mavzu) bo`yicha tasavvurga ega emas, deb topilganda – “2” (qoniqarsiz) baho.
14. Axborot texnologiyalarini qo`llash orqali o`tkaziladigan test sinovlarida har bir talabaga 100 (yuz) ta savoldan iborat test varianti taqdim etiladi.
Har bir test variantida mazkur Dasturga kiritilgan fanlarga doir savol (topshiriq)lar nisbati o`zaro mutanosib taqsimotda bo`lishi lozim.
Talaba bilimi Attestatsiya sinovida to`g`ri topilgan test savollari soniga nisbatan quyidagi taqsimotda baholanadi:
86 ta va undan ko`p savollarga to`g`ri javob berilganda – 5 (“ahlo”);
71 tadan 85 tagacha savollarga to`g`ri javob berilganda – 4 (“yaxshi”);
55 tadan 70 tagacha savollarga to`g`ri javob berilganda – 3 (“qoniqarli”);
54 ta va undan kam savollarga to`g`ri javob berilganda – 2 (“qoniqarsiz”).
Test shaklidagi Attestatsiya sinoviga 3 (uch) soat vaqt beriladi.
Test shaklidagi Attestatsiya sinovi talabalar sig`imiga qo`yiladigan texnik talablarga mos, kompyuterlar bilan jihozlangan o`quv xonalari (hudud)da o`tkaziladi.
15. Talaba baholash natijalaridan norozi bo`lgan taqdirda Attestatsiya sinovilari natijalari Komissiya tomonidan e`lon qilingan vaqtdan boshlab 24 (yigirma to`rt) soat davomida apellyatsiya berishi mumkin.
Talabaning apellyatsiya murojaati universitet rektori buyrug`i asosida tuziladigan Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 (ikki) kun ichida ko`rib chiqiladi va uning natijasi bo`yicha qaror qabul qilinadi.
V. ATTESTATSIYA SINOVI BO`YICHA TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI VA QO`SHIMA USLUBIY KO`RSATMALAR
16. Dasturni o`zlashtirish bo`yicha foydalanishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro`yxati:
Dostları ilə paylaş: |