VI. YAKUNLOVCHI QOIDALAR 18. Dasturda belgilangan qoidalar O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan qoida va mehyorlarga zid kelsa, yuqori turuvchi organlarda belgilangan qoida va me`yorlar amal qiladi.
19. Dastur Universitet Kengashi tomonidan tasdiqlangandan so`ng, yakuniy davlat attestatsiyasi boshlanishidan uch oy oldin talabalar ehtiboriga yetkaziladi hamda universitetning rasmiy saytiga joylashtiriladi.
20. Fakultet dekanlari tomonidan bitiruvchi kurs talabalariga mazkur Dastur asosida tayyorgarlik ko`rish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.