Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijtimoiy-huquqiy
mehyorlarga hurmat hissini shakllantirish metodlari
Nargiza Supxonovna Hakimova
BuxDU
Annotatsiya: Maqolada ijtimoiy - huquqiy m’yorlar, ularning jamiyat rivojidagi
o‘rni va ahamiyati, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga ijtimoiy - huquqiy m’yorlar
haqida tushuncha berish, ular ongida ushbu m’yorlarga amal qilish kompetensiyasini
rivojlantirish masalalari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: ijtimoiy - huquqiy m’yorlar, кompetensiya, hayotiy ko‘nikmalar,
ta’lim sifati, o‘qituvchi mahorati, allomalar merosi, qadriyatlar, ma’naviy meros,
shaxs kamoloti.
Methods of formation of respect for social and legal principles
in primary school students
Nargiza Supxonovna Hakimova
Bukhara State University
Abstract: The article deals with social and legal norms, their role and
significance in the development of society, to give primary school students an idea of
social and legal norms, to form in their minds the competence to comply with these
norms.
Keywords: social and legal norms, competencies, life skills, quality of
education, pedagogical skills, heritage of scientists, values, spiritual heritage,
personal development
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun
ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan
biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda
huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash
borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi doimo dolzarb muammo sifatida e’tirof etiladi.
Uning
ikkinchi
muhim
jihati
esa
yoshlarning
ijtimoiy- huquqiy
ongini
shakillantirishda huquqiy tarbiyaning rolidir.
Ijtimoiy - huquqiy tarbiya yoshlikdan boshlanmog‘i lozim. Birgina misol
sifatida shuni aytib o‘tish kerakki, bosh qomusimiz hisoblangan konstitutsiyaning
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
466
mazmun-mohiyati yoshligimizdan singdiriladi. Qolaversa, milliy ramzlarimiz
bo‘lmish madhiya, bayroq, gerbning kimlar tomonidan yaratilganligi, ularning
qanday ma’noni anglatishi, unga xurmat nigohi bilan qaralishi, asrab-avaylashini
bog‘cha yoshidagi bola ham biladi. Bu bizning ongu-shuurimizga shu darajada
singanki chiqarib tashlashning iloji yo‘q. Ana shu tarzda insonning huquq va
majburiyatlarini yoshlikdan singdirib borish bu kellajak uchun yaxshi qadam bo‘ladi.
Ijtimoiy - huquqiy tarbiya hamisha davlatning siyosat, iqtisodiyot va ahloqqa
nisbatan o‘z nuqtayi nazarini aholiga aniq yetkazib berishdagi eng ishonchli va
samarali vositasi hisoblangan.
Ijtimoiy - huquqiy tarbiya muammolari Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya,
AQSH kabi mamlakatlarda ham doimo diqqat markazida bo‘lib, u bilan bog‘liq
ko‘plab masalalar atroflicha o‘rganib chiqilgan. Shu sababli ham ijtimoiy - huquqiy
tarbiyaning ijtimoiy ahamiyati o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga muntazam
singdirib borilgan va bu jarayonga alohida e’tibor qaratilgan.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda o‘tkazilgan huquqiy islohotlar, huquqiy-
demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar
mohiyatini aholi, ayniqsa yoshlarga yetkazish bugungi kun talabidir. Bu esa, o‘z
navbatida ta’lim-tarbiya, ayniqsa huquqiy tarbiyani zamonaviy uslublar asosida
yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi.
Prezidentimizning “Biz qanchalik mukammal qonunlar yaratmaylik, qanday
islohotlar o‘tkazmaylik, agar fuqarolarimizning huquqiy bilimi, ongi va madaniyati
yyetarli bo‘lmasa, kutilgan natijalarga erishish mushkul“, ”Konstitutsiya va
qonunlarga hurmat, huquqiy ong va madaniyat har bir fuqaroning, har bir mansabdor
shaxsning hayot va faoliyat tarziga aylanmog‘i kerak”, deb aytgan fikr-mulohazalari,
mamlakatimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning shaxs,
jamiyat va davlat rivoji uchun naqadar muhim va ahamiyatli yekanligini hayotning
o‘zi tasdiqlab turibdi.
O‘quvchi yoshlarga ijtimoiy - huquqiy bilim berishning asosiy maqsadi, ularda
ijtimoiy - huquqiy tushunchalarni shakllantirish va shu asosda huquqiy tarbiyaga
erishishdan iboratdir. Huquqiy bilim olish jarayonida o‘quvchilar Konstitutsiyamizda
belgilab qo‘yilgan o‘z huquq va yerkinliklarini bilish, ulardan foydalanish va hayotga
tatbiq etishga erishishi lozim.
Yoshlarning ijtimoiy - huquqiy madaniyatini oshirish nafaqat ta’lim
muassasalari, balki oiladan boshlanadi. Huquqiy bilimlar hayotda, har xil aniq
vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘nalish olish, ruxsat yetilgan va taqiqlangan narsalar o‘rtasidagi
chegarani topa bilish, o‘z huquq va manfaatlarini himoya etishning qonuniy yo‘llari
va vositalarini tanlashga o‘rgatadi.
Ijtimoiy - huquqiy bilimlar siyosiy saviyani kengaytiradi, e’tiqodlar
shakllanishiga, hayotdagi huquqiy xodisalarni to‘g‘ri tushunish, huquqiy talablarga
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
467
ongli ravishda rioya yetish, barcha fuqarolarning ijtimoiy-huquq normalari
(qoidalari)ga amal qilish uchun faol kurashishga ko‘maklashadi.
Har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklaridan foydalana bilsa, tushunsa, ko‘plab
muammolarning oldi olinadi. Qolaversa, o‘zgalarning ham huquqlariga xurmat
nigohi bilan qaraydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimda so‘zlagan nutqida “Biz jamiyatimizda shunday huquqiy madaniyatni
shakllantirishimiz kerakki, unga muvofiq Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish,
boshqalarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish
majburiyat emas, balki kundalik qoida va odatga aylanishi shart” deya ta’kidlagan
edi.
Umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan huquqiy madaniyatning
negizini huquqiy ong, huquqiy tafakkur tashkil etadi. Huquqiy ong shaxsning
jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi, jamiyat a’zolarining huquqiy ongi qanchalik yuqori
bo‘lsa, huquqiy normalarda belgilangan talablarning bajarilishi ham shunchalik to‘liq
va aniq bo‘ladi. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish uchun, eng avvalo, huquqiy ta’lim
va tarbiya, boshqacha aytganda huquqiy ma’rifatni takomillashtirish zarur. Huquqiy
ma’rifatning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ongni shakllantirish, ya’ni huquqiy
normalarning mazmun-mohiyatini bilish, ularga hurmatni va ixtiyoriy, ongli ravishda
rioya qilishni tarbiyalash bo‘lib, u bosqichma-bosqich berilishi lozim.
Zamon shiddati jadal, dunyo ham, undagi jamiyatlar ham tez o‘zgarmoqda. Biz
esa ko‘p yillar davomida bu o‘zgarishlar shiddatini quvib yetolmadik. Albatta,
odamlarimizning ongi, dunyoqarashi o‘zgardi. Ammo huquqiy madaniyat darajasi
kutilganidek yuksalmadi. Bu bir qancha omillarga bog‘liq.
Mana shu omillardan biri o‘quvchilarga kichik maktab yoshidan boshlab
ijtimoiy-huquqiy tarbiya berish metodikasiga alohida e’tibor qaratish bugungi
kundagi eng dolzarb masalalardan biridir.
Demak, bugungi o‘qituvchi oldida turgan asosiy masala o‘quvchiga sifatli bilim
berish bilan birga zamon talablari asosida maktab o’quvchilarida huquqiy ongni
shakllan tirishga poydevor yaratishimiz, boshlang’ich sinflardan o‘quvchilar ongida
ijtimoiy–huquqiy tarbiyaning ilk tushunchalarini tarkib toptirishga harakat qilishimiz
lozim.
Inson yoshligidan qancha keng qamrovli ijtimoiy - huquqiy bilimga ega bo’lsa,
shu darajada madaniyatli bo’la boradi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi milliy
dasturida: «Ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy ta’lim
hamda tarbiyasini takomillashtirish», - zarurligi alohida ta’kidlangan. Shuning uchun
huquqiy ta’limtarbiyaning maqsadi har bir o’quvchiga amaliy faoliyatida zarur
bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo’lmagan
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
468
hajmda olish imkoniyatlarini berishdan iboratdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida
huquqiy tushunchalarni shakllanтиришda ularga o’qitiladigan o’qish, odobnoma,
onatili, tarbiya fanlarining ahamiyati katta.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, boshlang‘ich sinf Tarbiya darslari asosida
o‘quvchilar ongida ijtimoiy-huquqiy tarbiya tushunchalarini shakllantirish va hayotiy
ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan metodlar tahlilini keltirib o‘tamiz.
1. Tushuntirish va hikoya qilish metodlari. Mazkur metod yordamida hayotiy
misollar, sodir bo’lgan voqea-hodisalar yoki alohida shaxslarning xatti-harakatlari
misolida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarning insonlar hayotidagi ahamiyati, ularning
salomatliklari hamda hayotlarini muhofaza qilishdagi rolini yoritish, ochib berish
orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarida ular to’g’risidagi mahlumotlarni hosil
qilinadi. Boshlangich ta’lim tizimida, odatda, o’quvchilarning yosh va psixologik
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mazkur metod yordamida ijtimoiy va huquqiy
mehyorlar, ularning mazmuni qisqa, aniq va ravshan bayon etilishi zarur. Mazmunan
tushuntirish metodiga o’xshash bo’lsa-da, biroq, unga nisbatan kengroq va batafsilroq
mahlumotlarni berish imkoniga ega. SHu bois boshlangich sinf o’quvchilariga
ijtimoiy va huquqiy mehyorlarning mohiyati to’g’risida mahlumot berishda ushbu
metoddan ham samarali foydalaniladi. Hikoya, ko’p hollarda o’qituvchi, mutaxassis
yoki ota-onalar tomonidan mavjud adabiyotlarda berilgan, shuningdek, hayotda sodir
bo’lgan ibratli voqea-hodisalarni ogzaki bayon etish tarzida amalga oshiriladi.
Tushuntirishda, asosan, tushunchalarning mahnosini ochib berishga ehtibor qaratilib,
ilmiy, ilmiy-ommabop atamalardan foydalanilsa, hikoya qilishda obrazli iboralar,
ko’chirma so’zlardan foydalanish mumkin.
2. Suhbat metodi. Ushbu metod boshlangich ta’limda o’quvchilar bilan
o’qituvchi, ota-onalar yoki mutaxassis o’rtasida bevosita jonli muloqotni tashkil etish
orqali ularda ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doir tushunchalarni hosil qilish
maqsadida qo’llaniladi. Metodning afzalligi suhbat jarayonida o’quvchilar tomonidan
ijtimoiy
va
huquqiy
mehyorlarga
doir
mahlumotlarning
qay
darajada
o’zlashtirilayotganligini baholab borish mumkin. Agarda, o’quvchilar berilayotgan
material yoki mahlumotlarni etarli darajada o’zlashtira olmasalar, u holda qayta
tushuntirish imkoniyati yuzaga keladi.
3. Darslik va kitob (manbalar) bilan ishlash metodi. Boshlang’ich sinf
o’quvchilari yosh va psixologik xususiyatlariga kura mahlumot, bilimlarni eshitish
retseptorlari yordamida emas, balki ko’rish retseptorlari orqali samarali
o’zlashtiradilar. SHu sababli mazkur metoddan foydalanishda ularning ana shu
xususiyatlari inobatga olindi va sinov ishlari davrida ko’proq ijtimoiy va huquqiy
meherlar, ularning mohiyatiga doir tasviriy ko’rgazmali materiallarni o’zida aks
ettiruvchi manbalarga murojaat qilindi. Ushbu metodni qo’llash chog’ida tushuntirish
va hikoya qilish metodlari ham qo’llanildi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
469
4. Namoyish etish metodi. Mazkur metod boshlang’ich sinf o’quvchilari
tomonidan bevosita o’quv materiallarini aniq obrazlar orqali idrok etishlarini
tahminlashga xizmat qiladi. Namoyish etishda ijtimoiy va huquqiy meherlar
mavzusiga doir darslik, maxsus adabiyotlar yoki manbalarda berilgan tasviriy
ko’rgazmali vositalar, shuningdek, diafilg’m, kinofilg’m hamda slaydlardan
foydalanish kutilgan natijalarni qo’lga kiritishga xizmat qiladi. Axborotlashgan
jamiyatda boshlangich sinf o’quvchilarida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga nisbatan
hurmat hissini shakllantirishda kompg’yuter texnologiyasi hamda Internet xalkaro
axborot tarmogi imkoniyatlaridan foydalanish, ayniqsa, samarali sanaladi. Zero,
kompg’yuter texnologiyasi hamda Internet xalqaro axborot tarmogining axborotni
yigish, samaralash, qayta ishlash va uzatish borasidagi keng imkoniyatlari
boshlangich sinf o’quvchilarining yosh va psixologik imkoniyatlariga tayangan holda
ular uchun moe materiallarni tanlash, muvaffaqiyatli tarzda yetkazib berish
imkoniyatini yaratadi.
5. Tasviriy namoyish etish metodi. Ushbu metod ham ijtimoiy-huquqiy
meherlar, ularning mohiyatiga doir nazariy mahlumotlarni obrazli tarzda tasviriy
ko’rgazmali vositalar yordamida yoritishga xizmat qiladi. Tasviriy namoyish etish
metodi turli xilda qo’llanilishi mumkin. Jumladan: 1) ijtimoiy va huquqiy mehyorlar
mohiyatini yoritishda subhektlar faoliyati (ota-onalar, o’qituvchilar, tengdoshlar,
atrofdagi shaxslarning xatti-harakatlari, ibrati)ga tayanish; 2) ijtimoiy va huquqiy
mehyorlar mazmunini yorituvchi ko’rgazmali materiallarni o’quvchilar guruhiga
tarqatish; 3) kompg’yuter texnologiyasi yordamida ijtimoiy va huquqiy mehyorlar
to’g’risida hikoya qiluvchi tasvir (rasm, sxema)larni umumiy tarzda namoyish qilish.
6. Ekskursiya metodi. Bu metod boshlang’ich sinf o’quvchilari tomonidan
o’zlashtirilgan nazariy mahlumotlarni mustahkamlash, boyitish masadida
qo’llaniladi. Tadqiqotni olib borishda tajriba maydonlari bo’lgan maktablarning
boshlang’ich sinf o’quvchilarining jamoa bo’lib kinoteatrlar, jamoat joylari (umumiy
ovqatlanish muassasalari, jamoat transportlari), kucha va yo’llarda harakatlanishlarini
tahminlash maqsadida ekskursiyalar uyushtirildi. Ekskursiyalarning uyushtirilishiga
sinf rahbarlari, sinov ishlariga jalb etilgan metodist-o’qituvchilar, fan o’qituvchilari
hamda dissertant mashul shaxs sifatida rahbarlik qildilar. SHuningdek, kinoteatrlar,
umumiy ovqatlanish muassasalari, avtokorxonalar, davlat yo’l nazorat (DAN)
xizmati xodimlaridan ham mashul shaxslar belgilandi. Ularning yordamlari bilan
o’quvchilar ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga oid nazariy bilimlarini boyitish,
mustahkamlashga muvaffaq bo’ldilar.
7. Namuna ko’rsatish (ibrat) metodi. Ushbu metod boshlang’ich sinf
o’quvchilarda tarbiyaviy tahsirning eng samarali metodi - namuna-ibrat yordamida
ijtimoiy hamda huquqiy mehyorlarga nisbatan hurmatni tarbiyalashda qo’llanildi.
Tadqiqot davrida jamoat joylarida o’zini tutish, yo’l harakati qoidalariga rioya qilish,
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
470
texnika va hayot xavfsizligi talablarini inobatga olish, sinof navbatchiligini tashkil
etishda boshlang’ich sinf o’quvchilariga quyidagi ijtimoiy subhektlar - fan
o’qituvchilari, sinf rahbari, ota-onalar, mashul shaxslar hamda ularning tengdoshlari
ham ibrat (namuna) ko’rsatishlari mumkinligi inobatga olindi. Qolaversa, xalq ogzaki
ijodi namunalari (jumladan, ertaklar, rivoyatlar) hamda hayotiy misollardan ham
boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ibrat (namuna) bo’luvchi vosita sifatida
foydalanildi. Sinov ishlarini olib borishda boshlangich sinf o’quvchilarining sevimli
badiiy qahramonlar (ertaklar, mulg’tfilg’mlar qahramonlari) ishtirokida hikoya va
ertak to’qish asosida ularning ibrat vositasida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya
etishlariga ehtibor qaratildi.
8. Mashq qildirish metodi. Bu metod barcha yoshdagi shaxslarda bo’lgani kabi
boshlangich sinf o’kuvchilarida ham ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doyr
o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amalga tatbiq etish, kundalik hayotda ularga
og’ishmay rioya qilish ko’nikmalarini o’zlashtirishga yordam beradi. Sinov ishlari
davrida o’quvchilar bilan jamoaviy, guruhli va individual tarzda ijtimoiy va huquqiy
mehyorlarga rioya qilishga doyr mashqlar bajarildi. Bunday mashqlar sirasida
"Buratino kinoteatrlarda o’zini qanday tutishi kerak?", "Kachalpolvon - odobli
yo’lovchi", "Bilmasvoy - jamoat transportida o’zini tuta oladimi?", "Maugli texnika
vositalari bilan tanishmi?" kabi mashqlarni keltirish mumkin.
9. Amaliy mashg’ulotlar metodi. Mazkur metod ham boshlangich sinf
o’quvchilarining ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga oid bilimlarini mustahkamlash,
boyitish orqali ularga kundalik haetda og’ishmay rioya qilish ko’nikmalarini
shakllantirishga yordam beradi. Sinov ishlarini olib borishda boshlangich sinf
o’quvchilarida ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya qilish ko’nikmalarini
tarbiyalashga doyr amaliy mashgulotlarning o’yin, musobaqa shakllarida tashkil
etilishiga alohida ehtibor qaratildi. Bunday o’yinlar qatorida rossiyalik pedagoglar
tomonidan yaratilgan "yo’l belgilarini jonlantiramiz" va "Yangi yo’l belgisilarini
yaratish" kabi harakatli, shuningdek, "SHahar ko’chalarida to’gri harakatlarish"
nomli stolo’yinlarini keltirish mumkin. "Eng tartibli yosh yo’lovchi", "Eng namunali
tomoshabin", "Eng ibratli xo’randa" kabi musobaqalar esa boshlang’ich sinf
o’quvchilari tomonidan ijtimoiy-huquqiy mehyorlarning puxta o’zlashtirilishini
tahminlabgina qolmay, shu bilan birga ularda jamoa joylarida bo’lish, jamoat
transportida yurish jarayonlariga nisbatan qiziqishni ham yuzaga keltirdi.
10. O‘yin metodi. Yosh va psixologik xususiyatlariga ko’ra boshlangich sinf
o’quvchilari insoniyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy tajribani o’z faoliyatlari
yordamida samarali o’zlashtiradilar. Yahni, ular mavjud ijtimoiy hamda huquqiy
mehyorlarga ogishmay rioya qilish ko’nikmalarini o’yin elementlari bilan boyitilgan
amaliy xatti-harakatlari asosida o’zlashtiradilar. Sinov ishlarini tashkil etishda o’z
mazmuniga ijtimoiy va huquqiy mehyorlar mohiyatini singdirgan turli mualliflar
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
471
tomonidan taklif etilgan, shuningdek, dissertantning shaxsiy ijodiy yondashuvi
bo’yicha asoslangan o’yinlardan samarali, maqsadga muvofiq foydalanildi. "Turli
mavzulardagi suhbat", "Keling, tanishamiz!" kabi muloqot-intellektual o’yinlari
hamda "Birgalikda ovqatlanamiz" nomli sahna ko’rinishidagi o’yinlardan qrinli
foydalanildi.
11. Rag’batlantirish metodi. Ushbu metod boshlangich sinf o’quvchilarida
ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga qathiy rioya qilish, mavjud tartib-qoidalarga
bo’ysunish ko’nikmalarini samarali shakllantirish maqsadida qo’llanildi. Ijtimoiy va
huquqiy mehyorlarga rioya qilish, ularga nisbatan hurmat ko’rsatish o’quvchilarning
xatti-harakatlari, kundalik faoliyatlarini bevosita hamda bilvosita kuzatish, baholash
orqali ragbatlantirilib yeki jazolab borildi. Sinov ishlari davrida o’quvchilarning xatti-
harakatlari rag’batlantirishning ko’ngilni ko’tarish va dalda berish, ishonch bildirish,
minnatdorchilik bildirish, mukofotlash kabi shakllaridan foydalanildi.
12. Jazolash metodlari. Ta’lim amaliyotidan mahlumki, o’quvchilar doim ham
mavjud ijtimoiy talab, qoidalarga so’zsiz rioya qilavermaydilar. SHu bilan birga
ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya qilmaslik qanday oqibatlarga olib kelishini
ham hamisha oqilona baholay olmaydilar, yoki ehtiborsiz bo’ladilar. Boshlang’ich
sinf o’quvchilarining kundalik faoliyatda ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga rioya
qilmaslik, ularga nisbatan hurmat ko’rsatmaslik kabi xatti-harakatlari ularga tanbeh
berish, koyish, uyaltirish kabi shakllaridan foydalanildi. Ukuvchilarga nisbatan
jazolash metodlarining individual tarzda qo’llashga ehtibor qaratildi. Binobarin,
bunday yo’l tutilganda mavjud tartib-qoidalarga rioya qilmagan o’quvchilarning o’z
tengdoshlari, sinfdoshlari oldida obro’lari to’kilmaydi, shuning bilan birga ularning
salbiy xatti-harakatlari ham jazolanmay qolmaydi.
13. Savol-javob metodi. Mazkur metod ijtimoiy va huquqiy mehyorlarga doyr
bilimlarni o’zlashtirish jarayonida taqdim etilayotgan materialning o’quvchilar
tomonidan samarali o’zlashtirishini tahlil qilish, darajasini baholash maqsadida
qo’llanildi. Metod ni qo’llashda o’quvchilarning ehtiborlariga havola etilayotgan
savollarning qisqa aniq, ravshan bo’lishiga alohida ehtibor qaratildi. Tadqiqotni olib
borishda ikki darajali savollardan foydalanildi. Ya’ni:
1) tanib olishga oid savollar;
2) ajratib olishga oid savollar.
Ushbu an’anaviy metodlar kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijtimoiy-
huquqiy tarbiyani shakllantirishda, ularda:
➢ Ma’suliyat va Moslashuvchalik - Shaxsning o’zida,ish o’rnida va hamjamiyat
miqyosida masulyatli bo’lish va moslashuvchanlikni mashq qilish;o’ziga va
boshqalarga nisbatan yuqori marra va standartlarni belgilash va ularga erishish;
➢ Muloqot Ko’nikmalari -Turli xil shakl va mazmundagi samarali og’zaki,va
yozma va multimediyaga asoslangan muloqotni anglash, boshqarish va ijod qilish
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
March 2022 / Volume 3 Issue 3
www.openscience.uz
472
➢ Tanqidiy fikirlash va tizimli fikirlash - masalani aniqlashda va murakkab
qarorlar qabul qilishda puxta dalilar keltirishdan foydalanish;tizimlar o’rtasidagi
uzviy bog’liqlikni aniqlash
➢ Axborot va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish ko’nikmalari - Turli
xil shakillarda va vositalar orqali axborotlarni taxlil etish, baxolash, boshqarish
hayrixoh bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash
➢ Shaxslararo va hamkorlik ko’nikmalari - Jamoada ishlay olish va yetakchilik
qobilyatlarini namoyon etish; turli xil rollar va ma’sulyatlarni qabul qila
olish;boshqalar bilan birgalikda samarali mehnat qila olish; boshqalarga hayrixoh
bo’lish; turli xil istiqbollarga e’tibor bilan qarash
➢ O’z-o’zini yo’naltirish - Shaxsiy tushunish va o’rganish ehtiyojlarni kuzatib
borish; mos keluvchi manbalarni aniqlash;bilim olishni bir jabxadan boshqasiga
ko’chirib o’ta olish
➢ Ijtimoiy mas’uliyat - jamiyat foydasini nazarda tutgan holda mas’uliyat bilan
harakat qilish; ish o’rnida va jamiyat orasida odob va axloq bilan ish tutish kabi
hayotiy ko‘nikmalar yoshlikdan shakllantirilib, rivojlantirilib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |