Umumiy va o’quv ishlari turlari bo’yicha hajmi Fanga umumiy 62 soat ajratilgan bo’lib, shundan 36 soatini auditoriya mashg’ulotlari tashkil etadi, semestr davomida haftasiga 2 soatdan o’tiladi.
Semestr bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan soatlarning taqsimoti.
Semestr
Yuklama
Auditoriya mashg’ulotlari turi bo’yicha o’quv
yuklamasi taqsimoti (soat)
Kirish. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari va ularning tekshirish ob`ektlari. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Xavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari. Texnosferada xavfsizlikni ta`minlash vositalari. “Inson - muhit” tizimida inson omili. Faoliyat xavfsizligini ta`minlashning ergonomika asoslari. Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi. Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy jihatlari.
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me`yoriy hujjatlar tizimi. Faoliyat xavfsizligi qonun – qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish tizimi, qoida va talablarni buzganda tortiladigan javobgarliklar. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimi, xavfsizlikni ta`minlashga oid tadbirlarini rejalashtirish, mablag’ bilan ta`minlash. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o`qitish tizimi. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayoni vaqtida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb kasalliklari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.