Qoniqarsiz bahoga:
-ishni bajarmagan yoki nazariy va amaliy ahamiyatini tushunmagan bo‘lsa;
-vazifani mustaqil bajara olmasa;
-xaritalarning mazmunini xato tasvirlagan va tavsiflab berolmasa;
-geografik ob‘ektlarning nomi to‘lik emas va kartografik qonunlarga amal qilib
yozilmagan bo‘lsa;
-profillar, grafiklar, jadvallar va boshqa chizmalarni chizishda qo‘pol xatolarga yo‘l
qo‘ygan va tavsiflab berolmasa yoki chizmagan bo‘lsa.
-hisobotni chala va o‘z vaqtida topshirmasa yoki umuman topshirmasa.
Oraliq va yakuniy baholash mezonlari
A’lo bahoga:
-savolga atroflicha aniq va to‘g‘ri javob yozilgan bo‘lsa;
-o‘quv dasturidan tashqari zamonaviy ma‘lumotlardan xabardorligi bilinib tursa;
-qonuniyatlar, nazariya va gipotezalar, tushuncha va terminlar to‘g‘ri va aniq yozilgan
bo‘lsa;
- ilmiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilmay javob mazmunining ilmiy va mantiqiyligi saqlangan
holda puxta yozilgan bo‘lsa;
- orfografik va grammatik xatoliklar uchramasa.
Yaxshi bahoga:
- savolga to‘g‘ri javob yozilgan bo‘lsa;
- savolga yozilgan javob o‘quv dasturitalablari bilan cheklangan, ammo juz‘iy
kamchiliklari bo‘lsa;
- javoblarda ilmiylik buzilmagan, mantiqiylik saqlangan bo‘lsa;
- qonuniyatlar, nazariya va gipotezalar, tushuncha va terminlar to‘g‘ri yozilgan bo‘lsa;
- orfografik va grammatik xatoliklar uchrasa;
- ba‘zi fikrlarda ayrim kamchiliklar uchrasa.
O’rta bahoga:
- savolga javobning uchdan ikki qismi to‘g‘ri yozilgan bo‘lsa;
- javoblar to‘liq emas, lekin ba‘zi bir xatoliklarni inobatga olmaganda umuman to‘g‘ri;
- ilmiy va mantiqiy chalkashliklar uchrasa;
- qonuniyatlar, nazariya va gipotezalar, tushuncha va terminlarda ba‘zi bir
noaniqliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa;
- orfografik va grammatik xatoliklar bo‘lsa.
Qoniqarsiz bahoga:
- savolga javobning uchdan bir qismi to‘g‘ri yoki umuman yozilmagan bo‘lsa;
- javob noto‘g‘ri bo‘lsa;
- javobda noaniqlik, mantiqiy va ilmiy xatoliklar bo‘lsa;
- orfografik va grammatik xatoliklar ko‘p bo‘lsa.
Dostları ilə paylaş: |