O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish



Yüklə 203,04 Kb.
səhifə14/64
tarix21.09.2023
ölçüsü203,04 Kb.
#146448
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
mttda ish hujjatlari majmua

4-bob. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish
19. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo’yiladigan malaka talablari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
20. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri:
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
bolalar hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlaydi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi nomidan faoliyat ko’rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini o’ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma’naviy rag’batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llaydi;
o’z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo’yicha takliflarni ko’rib chiqish uchun xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo’limiga kiritadi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventarь, jihoz, o’quv-metodik qo’llanmalar va mulьtimediali vositalar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasining moliya-xo’jalik faoliyatiga javob beradi.
18. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’limning innovatsion shakllarini rivojlantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko’rsatadi. Pedagogik kengash a’zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta’lim muassasasi Ustavida belgilanadi.

Yüklə 203,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin