7. Qodirova F., Toshpo’latova Sh., Qayumova M va M.A’zamova. “Maktabgacha pedagogika”-Toshkent.: Tafakkur nashriyoti, 2019 y. – 684 b.
Mashgulot turi: ma’ruza
Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkiloti to’grisida nizomni o’rganish. Mavzu rejasi: 1. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari.
2. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining tashkil etish.
2-mavzu: Davlatga qarashli va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish. Reja: Тa’lim muassasalarini boshqarish haqida tushuncha.
“Maktabgacha ta’lim tо‘g‘risidagi Nizom”ning maqsad va vazifalari.
“Maktabgacha ta’lim tо‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq davlatga qarashli maktabgacha ta’limni tashkil etish va boshqarish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish usullari va boshqaruvchining ilmiy saviyasi.
Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos boigan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta'lim tizimida ham boshqarishning to'g'ri tashkil etilishi juda muhim. Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o'ta muhim hisoblanadi.
Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma'lum bir obyektga tashkiliy, rejali, tizimli ta'sirko'rsatish demakdir.
Ta'lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb esa pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag'batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilishga aytiladi.
Bugungi kunda pedagogika faniga ta'lim muassasalarini boshqarish bo'yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta'sir etish» tushunchasining o'rniga «o'zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo'llanilmoqda.
Ta'lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta'lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o'zaro hurmat bilan tavsiflanadi.
Xo'sh, «menejment» va «menejer» atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi?
Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta'lim muassasasida davlat-jamoat boshqaruvining pedagogik-psixoiogik asoslarini tushunishimizda ushbu yo'nalishda tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor.
«Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o'z mulklari va xodimlarni o'zlari boshqarganlaridan ko'ra tanlangan yo'nalish bo'yicha maxsus tayyorgarlikdan o'tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib yetganlaridan so'ng paydo bo'ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi.
Menejment deganda. odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta'sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Bundan tashqari, olimlar ta'lim menejmentining bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta'kidlab o'tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
1) ta'lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so'zi bilan aniqlanadigan ma'naviy o'lchovga ega;
2) ta'lim menejmenti - bu fan va san'at (chunki bunda insonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar katta rol o'ynaydi);
3) menejment mazmunida o'z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o'zaro dialektik birligi;
4) ta'limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, endilikda ta'lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat - jamoatchilik boshqaruviga o'tiladi.
Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 19 iyuldagi
528-son qaroriga
1-ILOVA