O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish



Yüklə 203,04 Kb.
səhifə35/64
tarix21.09.2023
ölçüsü203,04 Kb.
#146448
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
mttda ish hujjatlari majmua

3.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.


18-modda. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o’z faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.
quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislaridir:
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Bosh’a davlat organlari va tashkilotlar ham qonunchilikka muvofiq davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo’lishi mumkin.
19-modda. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va o’z faoliyatini ustav hamda maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya asosida amalga oshiradi.
Yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo’lishi mumkin.
20-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlari ko’rsatish
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan jismoniy shaxslar maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim xizmatlari ko’rsatadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan jismoniy shaxslar O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligini belgilangan tartibda xabardor qilganidan keyin maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlarini ko’rsatishga haqli.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko’pi bilan yigirma besh nafar maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolaning ta’lim va tarbiya olishiga yo’l qo’yiladi.
21-modda. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash
Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi litsenziya yuridik shaxs davlat ro’yxatidan o’tganidan keyin beriladi.
Litsenziya berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal ‘ilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to’xtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor ‘ilish yoki uni bekor qilish to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yüklə 203,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin