Kuchlanish isrofi buyicha quyidagi talab quyiladi: bosh pasaytiruvchi podstansiyadan to iste’molchigacha yig‘indi kuchlanish isrofi 5 % dan oshmasligi lozim. Agar bu talab bajarilmasa tarmoq kuchlanishi oshiriladi yeki kabel yulining kundalang kesim yuzasi kattarok qilib olinadi. Elektr ta’minoti sxemasining birinchi variantida masalan, radial elektr ta’minoti sxemasi ko‘rib chikiladi. Bunda barcha iste’molchilar bevosita bosh pasaytiruvchi podstansiyaga yeki bosh taqsimlovchi qurilmaga ulanadi. Ikkinchi variantda magistral sxemali variant ko‘rib chiqilishi mumkin.
Sex podstansiyalarni hisoblash.
Korxonaning ichki elektr ta’minoti tizimi sex podstansiyalariga transforatorlari yuklamalarini hisoblashdan boshlanadi. Bunda zaxirada bulgan transformatorlar soni ikkitadan ortik bulmasligi lozim. Ya’ni Sex podstansiyalaridagi transformatorlarning quvvati fakat ikki xil bo‘lad. Shu me’zonga asoslanib sex yuklamalari guruxlanadi va odatda quvvati katta bulgan sexlarga sex podstansiyalari o‘rnatildi.
1.5 “NIES”AJda pasaytiruvchi transformatorlarni ish rejimlarini avtomatik boshqarish tizimining funksional sxemani ishlab chiqish.
1.5 “NIES”AJda pasaytiruvchi transformatorlarni ish rejimlarini avtomatik boshqarish tizimining funksional sxemani ishlab chiqish.
Stansiya ichki ehtiyojlari uchun foydalaniladigan kuchlanishni pasaytiruvchi transformator avtomatlashtirish obyekti hisoblanadi. Bu yerda ventilyatorlar, sovutish tizimi va avtomatlashtirish qurilmalaridan foydalaniladi. Avtomatlashtirishning funksional sxemasida apparatlar zanjiri ko’rsatilgan.
Sovutish moyi tranformator 1ga kiradi. Transformator ishlagan payt o`zidan katta issiqlik ajratadi. Agar sovutilmasa, qurilma ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli trasformatorlarga sovutish tizimi o`rnatiladi.
Transformatorning yuqori ikki cheti va pastki ikki chetiga tepmeratura o`lchash uchun Rosemount 644 (2-1, 3-1, 4-1 va 5-1) qurilmalari o`rnatilgan. Sovutish moyi transformator ichida yurib, uning issiqligini o`ziga oladi. Keyin esa 11-2 nasosi bilan moyni sovutish tizimiga yuboriladi. Sovutish moyi kirish qismiga 9-2 rostlash qurilmasi, chiqish qismiga 10-2 rostlash qurilmasi o`rnatilgan. Bu rostlash qurilmalari Rosemount 644 tepmeratura o`lchash qurilmalari qiymatlari orqali boshqariladi.