1.2 Payvandlash transformatorlari va transformatordagi qavvat isrofi
1.2 Payvandlash transformatorlari va transformatordagi qavvat isrofi
Transformatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Elektrotexnikaning asosiy vazifalaridan biri elektr energiyasini bir joydan ikkinchi joyga uzatishdir. Chunki elektr energiyasining iste’molchilari aksariyat hollarda yoqilg‘i va gidroresurslar tabiiy joylashgan rayonlarga qurilgan elektr stansiyalaridan bir necha o‘nlab va yuzlab kilometr masofalarda joylashadi. Elektr energiyasini uzatish liniyalarida esa quvvatning issiqlikka sarf bo‘ladigan isrofi AP= I2 Rl va kuchlanishning pasayuvi 4 U=IRl doimo mavjuddir. Liniyaning uzunligi ortgan sari bu ko’rsatkichlar ham ortadi. Elektr tokining to’la quvvati (S=I U) ni o‘zgartirmagan holda uni turli kuchlanish va tok bilan uzatish mumkin. Quvvat formulasidan ko‘rinib turibdiki, uzatishda kuchlanish qanchalik yuqori bo‘lsa S = const tok kuchi shunchalik kichik bo‘lib, u bilan bog‘liq isroflar ham shunchalik kam bo‘ladi. Tok kuchini kamaytirish uzatish simining ko‘ndalang kesimini kichik olishga va rangli metallarni tejashga imkon beradi. Transformatorning ixtirochisi rus olimi P.N. Yablochkov hisoblanadi. U 1876 yilda elektr yoy lampasi uchun manba sifatida ilk bor trasformatordan foydalangan.
Elektr energiyasining bir pog‘onada bo‘lgan u1, i1 kuchlanish va tokini boshqa pog‘onadagi u2, i2 kuchlanish va toka aylantirib beradigan statik (harakatlanuvchi qismlari bo‘lmagan) elektromagnit apparati transformator deyiladi. Yoki bir xil chastotali o‘zgaruvchan tok kuchlanishining qiymatini o‘zgartirib beruvchi elektrostatik apparat transformator deyiladi. Transformatorlar energetik sistemalarda qo‘llanilishidan tashqari, kuchsiz toklarda ishlovchi hisoblash mashinalari, avtomatika, telemexanika, aloqa, radiotexnika va televidenie qurilmalari zanjirlarida va umuman, elektr kuchlanishini o‘zgartirib berish kerak bo‘lgan barcha joylarda ishlatiladi.
Transformatorlar bajaradigan vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: