metodologik nuqtai nazaridan eng muhim va o’ziga xos fan mavzularining yaxshi o’rganish.
tushunish va o’zlashtirish uchun murakkab bo’lgan mavzu savollarini batafsil o’rganish.
kasbiy tayyorgarlik sifatini aniqlovchi, alohida asosiy bo’lgan mavzularni batafsil o’rganish.
Kengko’lamlisuhbat. Hamma uchun umumiy bo’lgan tavsiya etilayotgan majburiy va qo’shimcha adabiyotlar bilan mashg’ulotning har bir reja savollariga talabalarni tayyorgarligini nazarda tutadi. Faollashtirishni barcha vositalarini qo’llash bilan: so’zga chiquvchiga va barcha guruhga yaxshi o’ylab tuzilgan aniq ifodalangan savollar, so’zga chiquvchi talabalarni kuchli va kuchsiz tomonlariga talbalar diqqatlarini qarata olish, talabalar diqatti va qiziqishini, ish jarayonida ochib berilayotgan, yangi tomonlarga o’sha vaqtni o’zida ajratib ko’rsatish va boshqalar asosida ko’pchilik talabalarni savollarni muhokama qilishga jalb qilish imkonini beradi. Keng ko’lamli suhbat ba’zi savollar bo’yicha alohida talabalarni avvaldan rejalashtirilgan qo’shimcha ravishda so’zga chiqishlarini istisno qilmaydi, balki, taxmin qiladi. Biroq bunday ma’lumotlar muhokama uchun asos bo’lmaydi, balki muhokama qilingan savollar uchun to’ldiruvchi bo’ladi.
Ma’ruzavareferatlarmuhokamasi. Muhokamaga 12—15 daqiqa davomiyligidagi 2-3 ma’ruzadan ko’p bo’lmagan ma’ruzalar olib chiqiladi. Ba’zida qo’shimcha ma’ruzachi va opponentlar (muxoliflar) belgilanadi. Oxirgi chiquvchilar mazmunni qaytarmaslik uchun, ma’ruza matni bilan tanishadilar. Biroq ko’p holllarda, ma’ruzachi va opponentlar, qo’shimcha ma’ruzachilardan tashqari, hech kim seminarga jiddiy tayyorlanmaydi. So’zga chiquvchilarni o’zlari ham faqat bir savolni o’rganadilar. SHu bilan birga, odatiy seminar ishiga “quruq nazariyalik” elementini
kiritib, bunday mashg’ulotlar talabalarda ba’zi
qiziqishlarni uyg’otadi. Talabalarni har birini qo’shimcha ma’ruzachi yoki opponent sifatida tayyorlanib kelishga o’rgatish juda muhim hisoblanadi. Referatli ma’ruzalarni yakuniy seminarda, uning asosiy savollari avvaldan muhokama qilib bo’lingan, katta bir mavzu bo’yicha ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.