Ko’rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar tayyorlash vazifasi topshiriladi. Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko’rsatmalar, yo’l- yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha talabaga yoki talabalar guruhiga topshirish ham mumkin.
Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
Talabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan savollar tuzish vazifasi topshiriladi.
Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni tuzish qonun- qoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali jihatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo’yicha yo’l- yo’riq beriladi.
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron-bir mavzu bo’yicha (mavzuni talabaning o’zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o’quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari,
dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to’playdi.
Talabalarning ilmiy-nazariy konferentsiyalari ham talabalar mustaqil ishlarining shakllaridan biridir. Kafedra professor-o’qituvchilari talabalar ilmiy-nazariy konferentsiyasini tashkil etish orqali o’z ishini guruhning kasbiy yo’naltirilganligini, a’zolarining yosh tarkibini, qiziqishlarini hisobga olib, tabaqalashgan holda tashkil qilinishi kerak. Faqat shu holdagina talabalarning konferentsiyani o’tkazishda faol ishtiroki va manfaatdorligi ta’minlanadi. Talabalarning ilmiy-nazariy konferentsiyalarini bosqichma- bosqich o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Strategik menejment fani bo’yicha talabalarning ilmiy-nazariy konferentsiyalarini quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
bosqich – fan o’qitilayotgan barcha o’quv guruhlarida konferentsiyalarni o’tkazish;
bosqich – har bir guruhda tanlab olingan talabalarning eng yaxshi ma’ruzalarini fakulьtet va fakulьtetlararo konferentsiyaga taqdim etish va o’tkazish;
bosqich – fakulьtetlararo konferentsiyada tanlab olingan eng yaxshi ma’ruzalarni institut miqyosida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy konferentsiyaga taqdim etish.
Butun guruhlar uchun yagona bo’lgan konferentsiya mavzusini tasdiqlab, talabalarning ma’ruza va chiqishlarini guruhlarning qiziqishlariga qarab ixtisoslashtirish mumkin.
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda “Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish” bo’yicha yo’riqnomada belgilangan quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
Talabalar mustaqil ishlarini ikki ko’rinishda – auditoriyada va auditoriyadan tashqarida tashkil etish.
Talabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni bosqichma-bosqich, oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta’minlash.
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratish:
- talabaning o’qish bosqichi;
muayyan fanning o’ziga xos xususiyati, o’zlashtirishdagi qiyinchilik darajasiga;
talabaning qobiliyati, nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasiga;
fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasiga;
talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasiga;
mustaqil ish uchun topshiriqlar kursdan-kursga o’tish bilan shakl va hajm jihatidan o’zgarib borishiga;
mustaqil ish fan xususiyati hamda talabaning akademik o’zlashtirish darajasiga va qobiliyatiga mos holda tashkil etish.
Mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo’lgan vazifalar
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda quyidagi vazifalarni bajarishlari lozim:
yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish;
zarur ma’lumotlarni izlab topish uchun qulay usullarni va vositalarni aniqlash;
axborot manbalaridan samarali foydalanish;
an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar hamda me’yoriy xujjatlar bilan ishlash;
elektron o’quv va ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish;
ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
ish natijalarini ekpertizaga tayyorlash va ekpert xulosasi asosida qayta ishlash;
topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondashish;
ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g’oyani asoslash va mutaxassislar davrasida himoya qilish.
Talabalar mustaqil ishi bo’yicha maslahatlarni tashkil etish tartibi
Talabalar mustaqil ishi bo’yicha maslahatlar darsi auditoriyadan tashqarida amalga oshirishga mo’ljallangan mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan tegishli yo’llanmalar berish va uning bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida tashkil qilinadi.
Talabalar mustaqil ishi bo’yicha maslahatlar darsi fanning kalendar-tematik rejasiga muvofiq o’tkaziladi. “Innovatsion menejment” fani bo’yicha talabalarning mustaqil ish mavzulari va mazmuni, ularni bajarish yuzasidan hisobot shakllari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan:
Maslahat darsi tegishli fan o’qituvchisi tomonidan o’tkaziladi.
Fan o’qituvchisi maslahat darsida quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
talabalar mustaqil ishlari to’shiriqlarini bajarish yuzasidan tegishli yo’llanma beradi.
topshiriqni bajarish rejasini tuzishga yordamlashadi;
tegishli adabiyotlar axborot manbalarini tavsiya qiladi;
talabalar mustaqil ishlari yuzasidan tayyorlangan ishlanma, hisobot, referat, hisob- kitob va topshiriq natijalarini qabul qiladi hamda baholaydi.
Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi
Dostları ilə paylaş: |