Taqdimot o’tkazish shakllari: Interfaol dialog (masalan, konsalting firmasi – kompaniya vakillari) Barcha guruh ishtirokchilari so’zga chiqadi
Guruh boshlig’i so’zga chiqadi
Muvaffaqiyatli taqdimotning sirlari quyidagilardan iborat:
gapirayotganingizda doimo ishonchli bo’ling;
aniq, burro gapiring;
fikrning doimo tugallangan jumla bilan hamda muhim joylariga urg’u berib ajratgan holda ifoda eting;
bir maromda va asta gapirmang, ammo nisbatan qattiq gapirmang ham;
hushmuomali va ziyrak bo’ling, jahldor bo’lmang;
doimo kulib turgan holda boshlang va tugating, ammo bunga ortiqcha harakat qilmang;
quyidagi so’z birikmalarini qo’llamang: “Mumkin bo’lsa”, “Uni Kim biladi?”, “Mumkin ... “ va shu kabilar. Bu kabi jumlalar sizning chiqishingizda o’ziga ishonchlilik bo’lmaslikni keltirib chiqaradi va natijada siz o’zingizga ishonchni yo’qotasiz:
ko’rish kontakti (bog’lanishi) ni saqlashga harakat qiling – tinglovchilarga qarashga harakat qiling (har bir qatnashchiga 3 sekunddan);
oyoqni chalishtirmang, qo’lni orqada ushlamang, stol, minbarga tayanmang, qo’lli imo-ishora qilmang, ruchka, markerni o’ynatmang, yuzingizni qog’oz bilan yelpimang va shu kabilar;
har bir javob va taklifni doimo rag’batlantiring.
Talabalar tomonidan bajarilgan mustaqil ishlarni taqdimotida quyidagilarga amal qilish talab qilinadi:
chiqish reglamentiga rioya qilish; chiqish navbatiga rioya qilish;
gurux a’zolari o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlash va ular xatti-xarakatida kelishuvga erishish;
ma’lumotlar grafik ko’rinishida (sxema, jadval, grafik) taqdim etilishi lozim bo’ladi; har qanday grafik ko’rinishidagi ma’lumot sharhlanishi talab etiladi.
Talabalar tomonidan bajarilgan mustaqil ishlar taqdimotida quyidagilarga holatni tasvirlash va uni qayta so’zlab berishga;
ishtirokchilarning so’zga chiqishlaridagi qarama-qarshiliklarga; tushunarsiz, noaniq, o’rinsiz iboralarga yo’l qo’yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |