O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o’qitish texnologiyalar va loyhalashtirish


Loyihaviy ta'limdan foydalanishning ijtimoiy-pedagogik shartlari. Loyihaviy ta'limning asoslari



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə33/73
tarix20.11.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#164455
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73
3--Укув материаллар (маъруза матни)

2. Loyihaviy ta'limdan foydalanishning ijtimoiy-pedagogik shartlari. Loyihaviy ta'limning asoslari.
Loyihaviy ta'lim quyidagi dolzarb ta'lim muammolarini hal etish imkonini beradi va davr talabiga mos keladi:

  • ta'limni real hayotga yuqori darajada yaqinlashtirilgan vaziyatda amalga oshirishni ta'minlaydi;

  • nazariy ma’lumotlarni amaliy faoliyat bilan boholash va o 'quvchilarni faol mustaqil bilish jarayoniga jalb etish imkonini beradi;

-kasbiy va tayanch layoqatlarini shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlaydi.
O`quv loyihaviy faoliyat - bu qo`yilgan vazifaga erishish, ta’lim oluvchilar uchun muhim va aniq foydalanuvchiga mo`ljallangan biror-bir yakuniy ma’lumot ko`rinishida rasmiylashtirilgan, muammoni yechish uchun ta’lim oluvchilarning belgilangan izchillikdagi harakatlari majmuasi.
Tayyorgarlik bosqichi: loyihaga kirishish, loyiha faoliyatini tashkil etish va rejalashtirish - auditoriya ishi.
Loyihani bajarish bosqichi: auditoriyadan tashqari.
Yakunlovchi bosqich: loyiha taqdimoti, o`quvchilar mahsuloti va loyiha faoliyatining baholanishi, loyiha faoliyati refleksiyasi - auditoriya ishi.
O`QUV LOYIHAVIY FAOLIYATNING PROSESSUAL TUZILMASI (1-BOSQICH) Tayyorlov: “loyihaga kirish” fazasi o`quvchilar amalga oshirishadi:

  • vaziyatga moslashish;

  • muammoni shaxsan o`zlashtirish (muammoni tushunish va amaliy faoliyatning muayyan sohasi uchun uning yechimi dolzarb va muhimligini anglash);

  • loyihaning maqsadi, muammoni hal etish masalalarini qabul qilish, aniqlashtirish va muayyanlashtirish;

  • loyihaning natijasi (mahsuloti) va uni taqdim etish shakllarini anglash, loyihaning boshqa ishtirokchilari va o`qituvchi bilan muloqotning xarakteri.

O`quvchilar loyiha ustidan ishlash shakllarini tanlashadi: alohida yoki guruh bo`yicha. Agar guruhli shakl tanlangan bo`lsa:

  • guruhlarga birlashishadi;

  • loyiha bo`yicha ishlar turlarini ajratib, qatnashchilar orasida taqsimlashadi;

  • loyiha bajarish bo`yicha ishchi rejasini ishlab chiqishadi;

  • uni bajarishning optimal usullari va vositalarini tanlashadi;

  • natija taqdimotini rasmiylashtirish usullari va shakllarini belgilashadi;

  • loyiha ma'suli, hisobot va taqdimotni baholash mezonlarini muhokama qilishadi.

O`QUV LOYIHAVIY FAOLIYATNING PROSESSUAL TUZILMASI
(2-BOSQICH) Loyihani bajarish.
Loyihaning ushbu davrida o`quvchilar o`zlarining vazifalari bilan muvoffiq tarzda va ma'lum qilgan holda faol va mustaqil ishlaydilar:

  • turli manbalardan axborot to`plash, tahlil etish va umumlashtirish ishlarini olib boradilar;

  • tadqiqot o tkazadilar, hisob-kitoblarni bajaradilar;

  • zarurat tug`ilganda maslahatlashadilar;

  • oraliq natijalarni muhokama qiladilar;

  • hammadan olingan natijalarning umumiy to'planishi va muhokamasini o`tkazadilar.

  • hammadan olingan natijalarning umumiy to'planishi va muhokamasini o`tkazadilar.

O`QUV LOYIHAVIY FAOLIYATNING PROSESSUAL TUZILMASI (3-BOSQICH) Yakuniy: taqdimot, himoya, baholash, refleksiya

  • Loyihaning jamoa taqdimoti vaqtida quyidagilarni aks ettirishadi:

  • muammo, maqsad va vazifalarni tushunish;

  • ishni rejalashtirish va amalga oshirishni bilish;

  • yechimlarni izlash jarayoni tahlil qilish;

  • loyihalar va taqdimotning o`zaro baholashadi;

  • faoliyat va natijaning refleksiyasini amalga oshirishadi: ish davomida va yakunida yuzaga kelgan yutuqlarini anglash, yo`l qo`yilgan xatolarni tahlil qilish, shaxsiy o`zgarishlarini anglashni namoyon etadi;

  • loyiha faoliyati haqida hisobot topshirishadi.

O`quv loyihasi uslubiy pasportining tuzilishi:

  1. Pedagogik annotatsiya.

  2. Loyiha topshirig`i.

  3. O`quvchilarga uslubiy ko`rsatmalar.

  4. Loyihali ta'limning texnologik xaritasi.

Pedagogik annotatsiyaning tuzilishi

  • O`quv predmeti

  • O`quv mavzusi

  • Qatnashchilar

  • Ta’limning maqsadi

  • Rejalashtiriladigan o `quv natijalari

  • Oquvchilar loyihani muvaffaqiyatli hal etish uchun egallashi lozim bo`lgan oldingi bilim va ko `nikmalar ro 'yxati

  • Loyihaning turlanish belgilariga ko 'ra tavsifnomasi

  • Loyihani bajarish tartibi

  • Loyihaning baholanishi

  • Loyihaviy ta'limni tashkil etish bosqichlari

  • Ta'lim modelining qisqacha tavsifnomasi

  • Hammadan olingan natijalarning umumiy to`planishi va muhokamasini o`tkazadilar.


Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin