O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi milliy g’oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o’qitish texnologiyalar va loyhalashtirish



Yüklə 3,15 Mb.
səhifə29/73
tarix20.11.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#164455
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73
3--Укув материаллар (маъруза матни)

Doska - stend – mashg`ulotlarda o`quv munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan o`qitishning texnika vositasidir. Bunda stendga o`sha kattalikdagi qog`oz qo`yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Mashg`ulot vaqtida stendda mazkur kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin.
Doska – stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar (sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va h.k.) joylashuvini xohlagan vaqtda o`zgartirish imkoniyati mavjud. Shuningdek doska – stend bilan ishlaganda qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr – mulohazalari va g`oyalarini qamrab olish va qayd etish imkoniyatiga ega bo`linadi.


Синф доскаси. Доска-стенд.


O`quv auditoriyalari uchun doskalar tizimi




Doska – bloknot – bu varaqalanadigan qog`ozli doska bo`lib, unga marker bilan yoziladi. U turli muhokamalar yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda hamda eng muhim axborotlarni qayd etishda qo`llaniladi. Uning afzalligi shundaki, xohlagan vaqtda oldingi yozilganni qo`yish ham mumkin.



Doska – bloknot

Talabalarni – o`quv bilish faoliyatlarini jadallashtirishga yordam beruvchi har turdagi ta’lim vositalarini tanlash va ulardan foydalanish quyidagilarga bog`liq: 1) maqsadni belgilash; 2) asosiy bilim manbaiga; 3) ta’lim usuliga; 4) o`quv materialining yangiligi va murakkabligiga; 5) talabalarni o`quv imkoniyatlariga.


2.Ta'lim vositalarining klassifikatsiyasi.
Ijtimoiy voqelik ta’limni boshqarish muammolarini ko`rib chiqish va hal qilishni mustaqil yo`nalish sifatida ajratib olish, ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish zaruratini belgilab berdi. Uning o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish o`rtasidagi tashkiliy-boshqaruv, axborot aloqalari, ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatini oshirdi.
Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy ustuvor yo`nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga demokratik asoslarini joriy etishni, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta’lim boshqaruvini demokratlashtirishni o`z ichiga oladi.
Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik texnologiyalar butunlay yo`q bo`lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarga assotsiatsiya orqali fikran bog`lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo`lib, kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi.
Kishilik Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslarida 1-bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o`qituvchi o`z kuchiga, o`z bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo`lyozma kitoblar yaratildi, lekin o`quvchi ularning mazmunini o`qituvchi faoliyati vositasida o`zlashtiradi.
2-bosqich darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi mukammal rivojlanmagan, lekin o`qitishning 1,2,3-bosqichlariga xos ta’lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda.
O`quv adabiyotlarini joriy etish qarama-qarshiliklar ko`rashi natijasida sodir bo`lgan. Keyingi davrlarda ham ta’lim sohasidagi jiddiy o`zgarishlar oson kechmagan. Bugungi kunda ham 1-bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o`quv vositalarini o`zlashtirib olishga, ta’lim-tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada. 1-bosqich o`quv vositalari o`qituvchidan ko`p mehnat talab etadi va o`quvchining bilim, tayyorgarlik darajasi yuqori bo`lmaydi. Bu pedagogik bosqichlarning har birida ta’lim metodlari takomillashtirila borganligi tufayli o`qituvchi mehnatining samarasi ortib, zamonaviy texnologiyani qo`llaydiganlar safi kengaya borgan.

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin