Ta’lim vositalari – o`quv materialini ko`rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o`qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi
Ta’lim vositalari: Ta’lim berishning texnik vositalari
Yordamchi texnik vositalari
O`quv – uslubiy materiallar
Ta’limning texnik vositalari – o`quv materialini ko`rgazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; talabalarga o`quv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi (Diaproyektor, Grafoproyektor, Doska-bloknot, Doska-stend, Flipchart, Vidiofilmlar).
Yordamchi ta’lim vositalari – grafiklar, chizmalar, na’munalar va boshqalar (Model-mulyajlar, diagrammalar, sxema, xaritalar va boshqalar).
O`quv – uslubiy materiallar – o`quv materiallar, o`zlashtirilgan o`quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil ishlashlarini faollashtirishga yordam beradilar (ish varaqasi, eslatma, nazorat varaqasi, matnlar).
Ta’lim vositalari o`qituvchi va o`quvchi uchun, hamda dars o`tkazish uchun alohida variantlarini to`g`ri tanlash muhim ahamiyatga ega.
O`qituvchi uchun vositalar: o`quv predmetini o`qitish metodikasi bo`yicha qo`llanmalar, shaxsiy metodika, murakkab masalalar bo`yicha metodik tavsiyalar, o`qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar, mantiqiy struktura.
Tarqatma materiallar – ta’lim oluvchilar uchun o`rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma’lumotlarni o`z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo`lmagan (1-2 varaq) yozma o`quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar mashg`ulotni qiziqarli qilish imkonini berib, ko`p hollarda ta’lim oluvchilar uchun mustaqil ravishda o`qib chiqib, muhokama qilish uchun mo`ljallangan bo`ladi. Tarqatma materiallarni tayyorlash va qo`llashda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:
ta’lim oluvchilarga haddan tashqari ko`p tarqatma materiallar bermaslik kerak;
sarlavhalarni bosh harflar bilan yozish, bir mashg`ulot uchun ikkita tarqatmali
material zarur bo`lsa, ularga kod-nom berib ularni ajratishni osonlashtirish kerak;
matn shrifti 12 dan kichik bo`lmasligi kerak;
bir betda 80 tadan ko`p belgi (harf, qavs, undov belgisi va h.k.) ishlatmaslik kerak;
matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo`lishi kerak;