185
“Baliq skeleti” sxemasini tuzish bo’yicha o’quv topshirig’iga yo’riqnoma
O’quv topshiriqda ko’rsatilgan muammo maydonini tavsiflash uchun:
1.«Baliq skeletini” chizing:
2. «Suyak»ning chap qismida (yoki yuqori suyakda) muammo osti muammoni
yozing, o’ng qismida (pastki suyakda) – muammo osti muammoni amalda mavjud
ekanligini tasdiqlovchi dalillarni yozing.
«QANDAY?» IERARXIK DIAGRAMMASI -
muammo to’g’risida umumiy
tasavvurlarni olishga, uning yechimini topish usul va vositalarini topishga imkon beruvchi
mantiqiy savollar zanjiridan iborat.
Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantiradi.
«Qanday?» diagrammasini tuzish bo’yicha o’quv topshirig’iga
yo’riqnoma
«Qanday?» diagrammasini tuzishdan avval, siz quyidagilarni bilishingiz kerak: ko’p
hollarda Sizga muammolar hal etishda «Nima qilish kerak?» haqida o’ylashga hojat
bo’lmaydi. Muammo yechimini topish uchun asosan «Buni qanday qilish kerak?» qabilida
bo’ladi. «Qanday?» - muammoni hal etishda asosiy savol hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: