bilishi va ulardan foydalana olishi ;
-
boshqaruvning zamonaviy kontseptsiyasi asosida majmuani boshqaruv
strategiyalarini ishlab chiqish;
-
iqtisodiy tahlil qilish usullarini qo’llay olish;
-
bozor va raqobat muhitini tadqiq etish;
-
majmua faoliyatini istiqbolga prognozlash usullaridan foydalanish
ko’nikmalarga ega bo’lishi; -
majmuani rivojlantirishni prognozlash va iqtisodiy tahlil qilish usullarini qo’llay
olish;
-
agrar sohaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish usullarini;
-
ishlab chiqarishda mavsumiylik, tabiiy xavflarni hisobga olish;
-
mavjud real raqobat muhitini tahlil qilish, raqobatbordoshlikni oshirish usul va
yo’llariini tanlash;
-
iqtisodiy tahlil natijalaridan foydalanish
malakalariga ega bo’lishi kerak. Fanning o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani “Iqtisodiyot” (sanoat), ta’lim yo’nalishida
va “Iqtisodiyot” (makroiqtisodiyot) ta’lim yo’nalishida ixtisoslik fani sifatida 7- semestrda
o’qitiladi.
Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar “Iqtisodiy nazariya”, “Mikroiqtisodiyot”,
“Makroiqtisodiyot”, “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”, “Statistika”, “Ehtimollar nazariyasi va
matematik statistika”, “Iqtisodiy matematik usullar va modellar”, “Iqtisodiy tahlil va audit”,
“Marketing”, “Mintaqaviy iqtisodiyot” hamda “Menejment” fanlaridan yetarlicha
ma’lumotga ega bo’lishlari lozim.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni Agrosanoat majmuasi iqtisodiyotini o’rganish qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli yechish
uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga
tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab
chiqarishni tashkil etish, agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarning faoliyatini oxirgi
mahsulotga qaratishning samarali yo’llarini topish imkonini beradi.