O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n (2)
11.2. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tannarxini hisoblash tartibi Qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun
sarflangan resurslarning xarajatini (miqdorini) joriy narxlarda hisoblash asosida aniqlanadi.
Qishloq xo’jaligida mahsulotlar tannarxini aniqlashda xarajatlarni ma’lum guruhlarga
bo’lish zaruriyati bor va undan foydalinadi. Xarajatlarni guruhlarga bo’lish mahsulot
tannarxi kalkulyatsiyasi deb ataladi. Kalkulyatsiya – qilinayotgan xarajatlarni guruhlarga,
xarajat moddalariga bo’lishdir. Qishloq xo’jaligida mahsulot tannarxiga quyidagi xarajatlar
kiradi (10-chizma).
№
Xarajat moddalari
O’simlikchilikda
CHorvachilikda
1.
Ish haqi qo’shimchalari bilan
+
+
2.
Urug’lik
+
-
3.
Em-xashak
-
+
4.
Yoqilg’i-moylash materiallari
+
+
5.
O’g’it
+
-
6.
Zararkunanda va kasalliklarga qarshi
kurash vositalari
+
+
7.
Asosiy ishlab chiqarish vositalarini
saqlash
+
+
8.
Ish va xizmatlar
+
+
10-chizma. Qishloq xo’jaligida mahsulotlar tannarxini belgilovchi xarajatlar turlari
Tannarxning tarkibini yillar davomida tahlil qilib o’rganish iqtisodchilarga, xo’jalik
rahbarlariga mavjud kamchilik va foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ko’rsatadi. Mahsulot
tannarxiga kirgan xarajatlar tarkibi, miqdori va iqtisodiy mohiyati jihatidan bir – biridan
farq qiladi. SHuning uchun ularni xarajat moddalariga to’g’ri bo’lish katta ahamiyat kasb
etadi.
Qishloq xo’jaligida barcha xarajatlar 1 gektar yoki bir bosh chorva hayvoniga
hisoblanadi. Bir gektar yerdan olingan mahsulot miqdoriga shu bir gektar yerga ketgan
xarajatlar miqdorini bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. CHorvachilikda bir bosh chorva moliga
qilingan xarajatlar miqdorini shu chorva molidan olingan mahsulotga bo’lish yo’li bilan
aniqlanadi.
Qishloq
xo’jalilik korxonalarida mahsulotlar, ish va xizmatlar tannarxi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 - son qarori bilan
tasdiqlangan “Maxsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining
82 tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida NIZOM qoidalari
asosida aniqlanadi.