O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/124
tarix05.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#173167
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   124
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n (2)

 
 
 
 
 
 
 
 


84 
12-BOB. AGROSANOAT MAJMUASI TARMOQLARI MAHSULOTLARINING 
NARXLARI
12.1. “Narx” tushinchasi, uning mohiyati va funktsiyalari 
12.2. Qishloq xo’jaligida narxlar tizimi 
 
12.1. “Narx” tushinchasi, uning mohiyati va funktsiyalari 
Iqtisodiy kategoriyalar orasida eng murakkabi va o’zida barcha omillarni ifodalashi 
bo’yicha narxga teng keladigani kam. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda “narx”, ayrimlarida 
“baho” tushinchasi ishlatiladi. Biz bu so’zlarning mohiyatida bir narsani ko’ramiz. Iqtisodiy 
adabiyotlarda narxning bir necha tarifi mavjud.
Bozor qonuniyatlari asosida narx – bu ayriboshlash jarayonida mahsulotlar 
(ne’matlar)ning qimmatini (nafliligini) aks ettirish shaklidir. Narxning bu tarifi nisbatan 
keng bo’lib, bozor munosabatlari talablariga to’liqroq javob beradi. Narxga berilgan bu 
tarifda ikki holatni ko’rish mumkin. Birinchidan tovarlar (ne’matlar) narxi uning biror 
ehtiyoj uchun qanchalik nafga, qimmatga ega ekanligini ko’rsatadi. Ikkinchidan ne’matlar 
narxi faqatgina ayriboshlash jarayonida yuzaga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda narx 
faqatgina bozorda (oldi sotdi jarayonida shakllanadi) vujudga keladi va bozorsiz uni 
ifodalash mumkin emas. SHu sababli narxga quyidagicha tarif ham berish mumkin. Narx – 
bu biror ne’matning nafliligini hisobga olgan holda iste’molchi (xaridor) tomonidan 
to’lashga rozi bo’lgan summadir.
Iqtisodiy jihatdan asoslangan mahsulot qiymatidan past, lekin uni ishlab chiqarish va 
sotishga ketadigan xarajatlardan, boshqacha qilib aytganda, mahsulot tannarxidan yuqori 
bo’lishi kerak. Ana shu qonuniyat ta’minlangan holda mahsulot va xizmat turlarini ishlab 
chiqarish rivojlanib boradi. Bu zaruriyat qishloq xo’jaligida doimo ham ijobiy yuzaga 
chiqmaydi. Gap shundaki, qishloq xo’jaligida mahsulotlar ishlab chiqarishda yaxshi, o’rta 
va yomon imkoniyatlardan ham foydalaniladi.
Narxlar quyidagi funktsiyalarni bajaradilar: 

o’lchash funktsiyasi. Narxlar tovarlarning qiymatini aniqlashga yordam qilishi lozim; 
1.
hisobga olish yoki hisoblash funktsiyasi. Narxlar har bir mahsulot va xizmat turi 
qanchaga tushayotganini bildiradi. Narxlar orqali barcha iqtisodiy ko’rsatkichlar aniqlanadi. 
Ularning yordamida mamlakatning yalpi ichki mahsuloti, ishlab chiqarish resurslardan 
foydalanishning samaradorligi va boshqalar aniqlanadi; 
2.
talab va taklifni balanslashtirish funktsiyasi. Narxlar ishlab chiqaruvchi va 
mahsulotlarni sotib oluvchini hamda talab va taklifni bog’lab turadi, muvozanatlashtirishga 
xizmat qiladi va ularning ta’sirida o’zi muvozanatlashadi.
3.
tartibga solib turish funktsiyasi; 
4.
rag’batlantiruvchilik funktsiyasi. Narxlar iqtisodiyotni tartibga olib turishda va 
zarur bo’linmalarni tezda rivojlantirishda katta dastak hisoblanadi. Narxlarning mahsulot 
tannarxidan yuqori bo’lishi ishlab chiqaruvchilar foyda qilishini ta’minlaydi. Narx qancha 
baland bo’lsa, xarajatlar o’zgarmagan holda korxona shuncha ko’p foyda oladi. Albatta, bu 
ishlab chiqarishni yanada kengaytirishni rag’batlantiradi. Aksincha, narx mahsulot 
tannarxidan past bo’lgan holda rivojlanish haqida gap borishi mumkin emas. Mahsulotlar 
sifatining oshishida ham narxning rag’batlantiruvchilik funktsiyasi katta ahamiyat kasb 
etadi. Yuqoridagilarni e’tiborga olib narxlar rag’batlantiruvchi funktsiyasini bajarishda 
quyidagilarni hisobga olish kerak:


85 
-
rag’batlantiruvchi narx iqtisodiyot rivoji uchun zarur; 
-
Mahsulot sifatini oshirish yangi ekin navlarin joriy etishga, yangi texnika va 
texnologiyani ishga tushirishga, urug’likning sifatini ortishi xarajatlarning ko’proq 
bo’lishini talab qiladi; 
-
rag’batlantiruvchi narxning bir qismi ushbu xarajatlarni qoplashga ishlatilishi lozim; 
-
rag’batlantiruvchi narxning ikkinchi qismi yuqorida qilingan ishlar evaziga qo’shimcha 
o’sgan sifatni rag’batlantirish zarur; 
-
narxning oshishi ishlab chiqaruvchini rag’batlantirishi va iste’molchining ham 
maqsadlariga mos bo’lishi kerak; 
-
mahsulot tarkibiga kirgan foyda bilan va narxlardagi chegirmalar orqali ishlab 
chiqaruvchini rag’batlantirishi kerakligi e’tiborga olinib turiladi; 
-
taqsimlash va qayta taqsimlash funktsiyasi. Narx mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari 
o’rtasida yaratilgan daromadni taqsimlaydi va qayta taqsimlaydi. Bundan tashqari u 
mamlakatda yaratilgan daromadni iste’mol va jamg’arma fondlariga taqsimlanishini 
ta’minlaydi. 
5.
Ishlab chiqarishni mo’’tadil joylashtirish funktsiyasi. 
6.
Ma’lumot berish funktsiyasi.
Iqtisodiy asoslangan narx ishlab chiqarishni mo’’tadil rivojlantirish uchun zarur 
bo’ladigan rentabellik darajasini hisobga olganda quyidagi ko’rinishni oladi. 
N = I
x
x(1 + R
d
/ 100),
Bunda: N – narx; I
x
– ishlab chiqarish xarajatlari; R
d
– mo’’tadil rentabellik 
darajasi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin