94
15-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA
SOLISH VA QO’LLAB-QUVVATLASH
15.1.
Agrosanoat majmuasini davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab-
quvvatlashning zarurati va mohiyati.
15.2.
Agrosanoat majmuasi tarmoqlarini davlat tomonidan tartibga solish va
qo’llab-quvatlash.
15.1.
Agrosanoat majmuasini davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab-
quvvatlashning zarurati va mohiyati
Agrosanoat majmuasini tartibga solish va qo’llab-quvvatlash ob’ektiv zarurat sanaladi.
Aholi sonining oshib borishi,
ularning moddiy sharotlari, imkoniyatlarining kengayishi va
qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish resurslarining
aholi jon boshiga hamda
absolyut kamayib borishi qator zaruririy talablarni keltirib chiqaradi. Bularning eng muhimi
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni deyarli barcha hudud va yerlarda tashkil
etishning zaruratidir. Yer esa qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi
asosiy vosita
sanalada va uning unumdorligi turli hududlarda turlichadir. Yomon, ya’ni unumdorligi past
yoki suv bilan yomon ta’minlangan yerlar, sho’rlangan yerlar va x.z. yerlarda ham qishloq
xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishga majburmiz. Yomon yerlarda qishloq xo’jaligi
mahsulotlari yetishtirayotganlarning mehnati yaxshi yerlardagiga qaraganda bir necha marta
kam daromad keltirishi mumkin. Bu masalani ham yechishda davlatning aralashuvi lozim.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tabiiy iqlim sharoitlariga bog’liqligi ham davlat
aralashuvini talab qiladi. Albatta agrosanoat majmuasiga kiruvchi iqtisodiy sub’ektlar bozor
iqtisodiyoti qonuniyatlariga ham maksimal amal qilishi talab qilinadi.
Aks holda juda katta
muammolar yuzaga kelishi, qishloq xo’jaligining iqtisodiy samaradorligi, raobatbardoshligi
pasayishi yuz berishi mumkin. Bu holatda eng avvalo aholi, davlat katta zarar ko’radi.
Bundan holda aholiga
oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlash sanoatiga homashyo
yetishmasligi oqibatida soliqlardan davlat katta zarar ko’rishiga sababchi bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasi
davlat bozor munosabatlarni
rivojlantirish maqsadida tegishli chora-tadbirarni ko’rmoqda. Ayniqsa huquqiy bazani
takomillashtirish ustida jiddiy ishlar olib borilmoqda.