98 16-BOB. AGROSANOAT MAJMUASIDA MOLIYa – KREDIT TIZIMINING AMAL QILISH MEXANIZMI 16.1. Agrosanoat majmuasi moliya-kredit tizimining mohiyati va xususiyatlari 16.2. Qishloq xo’jaligini kreditlash usullari, shakllari va ularning manbalari 16.3. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni moliyalashtirishning boshqa manbalari va ulardan samarali foydalanish 16.1. Agrosanoat majmuasi moliya-kredit tizimining mohiyati va xususiyatlari Moliya – kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini ta’minlash hamda
davlatning o’z oldiga qo’ygan maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul jamg’armalarini shakllantirish, taqsimlash
va ulardan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettiruvchi tizim.
Markazlashtirilgan moliya deganda davlat byudjeti tizimi va hukumatning byudjetdan
tashqari jamg’armalarida jamlanadigan pul mablag’larini shakllantirish va ulardan
foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tushinilsa,
markazlashtirilmagan moliya korxonalar pul jamg’armalarining doiraviy aylanishi bilan bog’liq munosabatlarni o’z ichiga
oladi.
Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi va shu tufayli uning
iqtisodiy tizimdagi roli va ahamiyati pul munosabatlarining shakllanish darajasiga bog’liq
bo’ladi. O’zining moddiy mazmuniga ko’ra, moliya mamlakatning moliyaviy resurslarni
tashkil etuvchi maqsadli pul mablag’lari jamg’armasini ifoda etadi.
Moliya:
tovar moddiy qiymatliklarni xarid etish, mahsulot, ish va xizmatlarni realizatsiya
qilish jarayonidagi korxonalar o’rtasida;
markazlashgan pul mablag’lari jamg’armalarini shakllantirish va ulardan
foydalanish yuzasidan korxonalar bilan yuqori tashkilotlar o’rtasida;