105
korxonaga qarzni undirish bo’yicha da’vo qo’zg’atadi. Faktoringning afzalligi shundaki, u
noto’lovlar muammosini qisman bo’lsada yechishga imkon beradi.
So’nggi paytlarda moliyalashtirishning yangi shakllaridan biri sifatida overdraft kirib
kelmoqda.
Overdraft
– qisqa muddatli kreditlash shakli bo’lib, banklar amaliyotida
ishlatiladi. Uning mazmuni shundaki, bank o’z mijozining hisob raqamida vaqtincha
mablag’ bo’lmagan holatda uning faoliyatini moliyalashtirish uchun overdraft shartnomasini
tuzadi. Mijoz o’z hisob raqamida mablag’ paydo bo’lishi bilan
overdraft shartida olgan
qarzlarini bankka ma’lum bir foizlar evaziga qaytaradi. Overdraft, odatda, bankning eng
ishochli mijozlariga nisbatan qo’llaniladi.
106
17 –BOB. YeVROPA HAMJAMIYaTINING YaGONA AGRAR SIYoSATI
17.1. Yevropa hamjamiyati yagona agrar siyosatining zarurati, ahamiyati va
rivojlanishi
17.2. Yevropa yagona agrar siyosatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlarini
qo’llab-quvvatlash mexanizmi
17.1. Yevropa hamjamiyati yagona agrar siyosatining zarurati, ahamiyati va
rivojlanishi
Evropa Ittifoqi dunyo siyosati, iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotida muhim o’ringa ega
mintaqa hisoblanib, aholisi 496 million kishini tashkil etadi. Dunyo yalpi ichki
mahsulotining 22 foizidan ko’prog’ini ishlab chiqaradi. Dunyo xalqaro savdosining 40
foizini, eksportining 50 foizi Yevropa Ittifoqiga to’g’ri keladi. Yevropa Ittifoqi dunyodagi
eng yirik oltin-valyuta zahirasiga ega. Yevropa Ittifoqi yalpi ichki mahsulotining 0,4-0,5
foizi miqdorida rivojlanayotgan va bozor munosabatlariga o’tish
davrini boshdan
kechirayotgan davlatlarga yordam ko’rsatishga ajratmoqda. Yevropa Ittifoqi bilan
O’zbekiston Respublikasi mustahkam siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalar o’rnatgan.
O’zbekiston Respublikasining umumiy tashqi savdo aylanmasining 55 foizga yaqini
Yevropa Ittifoqi a’zolari bo’lgan davlatlarga to’g’ri keladi. O’zbekiston Respublikasi
Yevropa Ittifoqi bilan
TASIS va TRASEKA dasturlari, qurilish, energetika, ta’lim va
ekologiya munosabatlari bilan bir qatorda qishloq xo’jaligi sohasida ham aloqalar o’rnatgan.
Evropa Ittifoqi hozirgi holatga yetguncha juda murakkab va og’ir darvlarni boshdan
o’tkazgan. Ikkinchi jahon urishidan keyin Yevropa davlatlari uchun integratsiyalashuv
jarayoniga havfsizlikni ta’minlaydigan eng asosiy omil sifatida qarala boshlandi. SHu
maqsadda 1948 yilda Yevropa Iqtisodiy Kooperatsiyasi Tashkiloti (EITS) tuzildi. Natijada
Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg yagona bojxona ittifoqini vujudga keltirdilar.
Yevropa davlatlarining iqtisodiy integratsiyalashuvida Marshal rejasida katta ahamiyat kasb
etdi. Uning natijasida 1948-1952 yillarda AQSH va Kanada davlatlaridan Yevropaga 25
mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. 1951 yilda Yevropa ko’mir va po’lat
hamjamiyati vujudga keldi. Uning natijasida ko’mir va po’lat uchun bojxona to’lovlari,
kvotalar va subsidiyalar bekor qilindi.
Evropa davlatlari arzon import mahsulotlaridan himoyalanish va o’zlarining
qishloq
xo’jaligini mustahkam asosga qo’yishga kirishdilar. Bunday fikrlar natijasida 1957 yilda
Yevropa davlatlaridan 6 tasi Rim shahrida Rim shartnomasini imzoladilar. Bu shartnoma
Yevropa hamjamiyati tashkil etilishiga asos soldi. Rim shartnomasining 38- 47- moddalari
Yevropa yagona agrar siyosatining asosiy tamoyillarini belgilab beradi. Ushbu hujjat
bo’yicha Yevropa yagona agrar siyosatining maqsadlari quyidagicha belgilandi:
ishlab chiqarish omillaridan optimal foydalanish, qishloq xo’jaligining
rivojlanishiga texnikaviy yordam ko’rsatish orqali qishloq xo’jaligshi
mahsulotlari
yetishtirishni ko’paytirish;
qishloq joylarda yashaydiganlarga yaxshi turmush darajasida yaratish, ayniqsa,
qishloq xo’jaligida mehnat qilayotganlar daromadini oshirish evaziga ularning turmush
darajasini keskin oshirish;
bozorni barqarorlashtirish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlarining kafolatli ta’minotini vujudga keltirish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlarining iste’molchilar uchun maqbul baholarini vujudga
keltirish;
107
Evropa ittifoqi Vazirlar kengashi 1962 yilda don mahsulotlari uchun yagona Yevropa
bozorini shakllantirish bo’yicha qator hujjatlar qabul qildi. Ushbu hujjatlarda yagona don
bozorini tartibga solib turish mexanizmlari ishlab chiqarildi. Ular hozirgi kunda ham
Yevropa agrar siyosatining asosini tashkil etadi. Bu mexanizimlar:
maqsadli narxlar,
interventsion narxlar, ostona narxlari, o’zgaruvchan import tariflari va eksport
subsidiyalaridan iborat. Bundan tashqari yagona don bozorini moliyalashtirish tartibini ham
joriy qildi. Yevropa yagona agrar bozorini o’rnatish bo’yicha qilingan katta ishlarga
qaramasdan bu jarayon oson kechgan emas. Faqatgina yagona don bozori o’rnatish bo’yicha
amalda kelishish 1967 yilda amalga oshdi.1962 yilda markazlashgan moliyalashtirishni
amalga oshirish uchun tuzilgan Yevropa qishloq xo’jaligiga yo’naltirilgan va kafolat fondi
(FEOGA)ga pul ajratish 1969 yildagina amalga oshiriladi. Natijada 1970
yilga kelib
Yevropa yagona agrar siyosati unga a’zo davlatlar manfaatlari uchun xizmat qiladigan juda
katta amaliy kuchga aylandi.
1972 yilda “Qishloq xo’jaligi -80” nomli Mansxold rejasi qabul qilindi. Ushbu rejaga
binoan 1980 yilga kelib qishloq xo’jaligada band bo’lganlar sonini 5 mln. kishiga
kamaytirish va fermerlarning o’rtacha xajmini oshirish vazifasini qo’yiladi. Albatta, bu
ixtiyoriy ravishda yuz berishi kerak edi. Bu reja quyidagi asosiy tadbirlarni amalga
oshirishni belgilaydi:
55-65 yoshdan oshgan fermerlar o’z faoliyatini to’xtatgan holda ularga yiliga
ma’lum miqdorda pul mablag’lari berilishini tashkil etish;
Istiqbolli deb topilgan fermerlarga imtiyozli kreditlar va kredit kafolatlari berish;
Fermerlar uchun axborot va maslahat xizmatlarini tashkil etish va ularni
rivojlantirish;
Marketing xizmatlarini rivojlantirish yuzasidan tashkil etilayotgan uyushmalarni va
birlashmalarni qo’llab-quvvatlash;
Qishloq xo’jaligiga yangi yerlarni jalb etishni cheklash.
1992 yilda Yevropa yagona agrar siyosatini rivojlantirish
yuzasida yangi reja- Mak-
SHerri rejasi qabul qilindi. Uning asosiy mazmuni quyidagilarda o’z ifodasini topdi:
Dehqonchilik va qoramolchilik mahsulotlariga bo’lgan narx dunyo darajasiga
yaqinlashtirilishi kerak (hatto, 90-yillarda ham Yevropa davlatlarida qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining ishlab chiqarish narxi AQSH va Kanadadagi darajadan ancha baland edi.);
Fermerlarga narxlarni tushirganlari uchun zararni qoplaydigan to’lovlar to’lashni
tashkil etish;
Zararni qoplash to’lovlari ishlab chiqarishdan yerlarni ozod qilgan va 1 ga yerga
chorva mollarining maksimal biriktirilishini ta’minlagan fermerlarga berish;
Fermerlarning ekologik masalalarini to’g’ri hal etishda qatnashishlari, erta
pensiyaga chiqishlarini qo’llab-quvvatlash.
1997 yilda Yevropa Hamjamiyati Komissiyasi “2000 yil kun tartibi: qishloq xo’jaligi”
hujjatini e’lon qildi.
Dostları ilə paylaş: