Anjuman-ma’ruza O’quv axborotni izlash, tanlash
va
bayon
etish
jarayonida
talabalarning faol ishtiroklarida
yoritib berish orqali o’quv
mavzusi bo’yicha tasavvurni/
bilimlarni shakllantirish.
Oldindan belgilangan muammo va uni har tomonlama
yoritib berish nazarda tutilgan ma’ruzalar tizimi (5-10
daq. davomiyligida) bilan, ilmiy-amaliy mashg’ulot
ko’rinishida o’tkaziladi. Mashg’ulot yakunida
o’qituvchi mustaqil ish va so’zga chiqishlarga yakun
yasaydi, axborotni to’ldiradi/aniqlik kiritadi, asosiy
xulosalarni ifodalaydi.
Umumlashtiruvchi ma’ruza Bilimlarni batafsil yoritish va
aniqlashtirishlarsiz
tizimlashtirish.
Ma’ruzada bayon etilayotgan nazariy holatlarning
negizini kursning yoki katta bo’limlarning ilmiy-
tushunchali va kontseptual asosi tashkil etadi.
Maslahatli-ma’ruza Bilimlarni
chuqurlashtirish,
tizimlashtirish.
Turlicha stsenariy bo’yicha o’tishi mumkin.
1. “Savol-javoblar”- o’qituvchi bo’lim yoki to’liq kurs
bo’yicha talabalar savollariga javob beradi.
2. “Savol-javoblar-munozaralar”: o’qituvchi nafaqat
savollarga javob beradi, balki javoblarni izlashni ham
tashkillashtiradi.
Yakuniy ma’ruza Bilimlarni batafsil yoritish va
aniqlashtirishlarsiz
tizimlashtirish.
Kursni o’rganishni yakunlaydi, butun davr mobaynida
o’tilganlarni umumlashtiradi. Yakuniy ma’ruzada
o’qituvchi kursning asosiy g’oyalarini ajratadi,
kelgusidagi tezkor-xizmat faoliyatda va boshqa
fanlarni o’rganishda olgan bilimlarni qanday qo’llash
yo’llarini ko’rsatadi, fan bo’yicha yakuniy nazorat
xususiyatini
tushuntiradi,
yakuniy
nazorat
variantlarining murakab savollarini tushuntiradi.
2. Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etishning asosiy shakllari Amaliy mashg’ulot:
- o’quvchilarni o’qituvchi bilan va o’zaro faol suhbatga kirishishiga yo’naltirilgan,
-
nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun sharoitni ta’minlovchi,
-
olingan bilimlarni amaliy foydalanish imkoniyatlarini muhokama qilishga
mo’ljallangan mashg’ulotning o’qitish shakli.