179
ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Press-konferentsiya.
Qisqa so’zga chiqishdan so’ng birinchi savol bo’yicha
ma’ruzachiga (agarda ma’ruzalar bir qator talabalarga
berilgan bo’lsa, o’qituvchining o’zi ulardan biriga so’z
beradi) so’z beriladi. SHundan so’ng har bir talaba
ma’ruza mavzusi bo’yicha unga savol berishi lozim. Savol
va javoblar seminarning markaziy qismini tashkil etadi.
Qancha ko’p jiddiy tayyorgarlik ko’rilsa, savollar
shunchalik chuqur va mahoratli beriladi. Savollarga avval
ma’ruzachi javob beradi, so’ngra u yoki boshqalar
bo’yicha istagan bir talaba o’z fikrini bildirishi mumkin.
Bunday holatlarda qo’shimcha ma’ruzachilar, agarda
shundaylar belgilangan bo’lsa,faol bo’ladilar. O’qituvchi
har bir muhokama qilinayotgan savol bo’yicha, yoki
seminar yakunida o’z xulosasini qiladi.
Dostları ilə paylaş: