112
18.4. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligini taribga solish va qo’llab-
quvvatlash
Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligini tartibga solish va qo’llab-quvvatlash
maqsadida Kongressda har to’rt yilda “Fermer xo’jaligi to’g’risida”
yangi qonun qabul
qilinadi. Bu qonunlarda xususiy investorlarning investitsiyalarini qishloq xo’jaligi u yoki bu
sohasiga jalb etish rag’batlantiriladi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlarining tushishiga asosiy sabab qishloq xo’jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi sanaladi. SHu sababdan yerlarni bo’sh qoldirishga
rag’batlantirish siyosati ham olib boriladi. Bu jarayon 1933 yildan boshlangan. Yerining bir
qismini oborotga kirgazmagan fermerlar uchun maxsus sub’sidiyalar berish nazarda tutiladi.
Barqarorlik qarzlari. Amerika Qo’shma SHtatlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari
narxini bir me’yorda (barqaror) ushlab turishga alohida e’tibor beriladi. Misol. Kongress bir
bushel makka doni uchun 2,55 dollar narx o’rnatadi. Fermer shu dasturga yoziladi va unga
har bir bushel makka uchun 2,55 dollardan qarz beriladi.
Fermer yetirilgan makkani
davlatga topshiradi. Agarda bozorda narx 2,55 dollardan ortib ketsa, fermer davlatga
topshirgan makkasini qaytarib olishi mumkin. Erkin bozorda sotadi va narxning farqi yana
ularda qoladi. Aksincha narx 2,55 dollardan tushib ketsa, makkani olmaydi va olgan qarzini
qaytarmaydi. Davlat makkani zaxiraga qo’yishi yoki o’z zarariga sotishi mumkin.
Kompensatsiya to’lovlari. Kongress turli mahsulotlar uchun “reja narxlari”ni e’lon
qiladi. Kompensatsiya to’lovlarini olish sharti fermer ma’lum
yerlariga ekin ekmasligi
lozim. Agarda bozor bahosi o’rnatilgan “reja narxlar”dan past bo’lsa, farqini davlat to’laydi.
Bir yilda bir fermer xo’jaligi uchun maksimal kompensatsiya to’lovi 50000 dollardan
oshmasligi kerak. Bu to’lov paxta, don, sut va go’sht mahsulotlariga ta’luqlidir. SHu
maqsadda ajratilgan 20 milliard dollardan fermerlar kam foydalanishdi. Har 5 ta fermerdan
1 tasi foydalanganligini ko’rish mumkin. Bunda ma’naviy masala (davlatning resurslaridan
tekinga foydalanish yaxshi emas degan fikrni) ham yuqori ekanligini ko’rish mumkin.
Bozor kvotalari (cheklovlari). Ayrim mahsulotlar,
jumladan, apelsin va limonlar
bilan savdo qilishda to’g’ridan-to’g’ri cheklovlar mavjud. Bunda har haftada qancha
mahsulot sotish belgilab qo’yiladi. SHu yo’l bilan ularning fermerlar uchun sotish bahosini
oshirish imkoni tug’iladi. Kvotalar shtat yoki hududning ishlab
chiqaruvchilar komitetlari
tomonidan belgilanadi. O’sha hududdagi apelsin va limon ishlab chiqaruvchi fermerlar
kvotaga ovoz berishadi va uning natijasi Qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan
tasdiqlangandan yuridik kuchga ega bo’ladi. Bu holatni
buzgan fermer qonun oldida
javobgar bo’ladi.
Fermalarni kreditlash. Bu borada 1916 yildayoq maxsus qonun qabul qilingan. 1933
yilda yangi qonun qabul qilindi va unda davlatning roli kuchaytirildi. Fermer davlat,
koperativ va xususiy kredit manbalaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Fermer
xo’jaliklarini kreditlashning federal tizimga 3 guruh banklar xizmat qiladi. Ko’chmas mulk
sotib olishga; qishloq xo’jaligi inventarlari va urug’lik
sotish olishga; kooperativlarni
kreditlash. Mamlakat 12 ta zanaga taqsimlangan va har birida 3 guruhdagi banklar
yuqoridani yo’nalishlarni kreditlaydi. Bu maqsadlarda past foizli
stavkalarda kreditlar
beriladi.
Erni (tuproqni) konservatsiya qilish. Fermer dasturga kirib yeriga o’t eksa davlat
tomonidan kompensatsiya beriladi. Yerni erroziyadan saqlash,
dam oldirish maqsadida
amalga oshiriladi.
113
Irrigatsiya va suv bilan ta’minlash. 16 ta g’arbiy shtat yerlariga davlat kanallari va
dambalari yorldamida suv chiqariladi. Bu sub’sidiya yordamida 18 foiz paxta, 14 foiz arpa,
12 foiz sholi va 3 foiz bug’doy yetishtiriladi.
Ayrim shtatlarda fermrlarga soliq imtiyozlari ham beriladi. Bu jarayonlar tanqid
ostiga ham olinmoqda. Sabab bu yordamlar erkin bozor iqtisodiyoti talablariga mos emas.
Davlat qishloq xo’jaligini tatibga solishga aralashuvni yo’q
qilish lozim, ayniqsa ortiqcha
mahsulotni sotib olish va fermerlarni to’g’ridan-to’g’ri kreditlashdagi yordamni to’xtatishi
lozim deb hisoblashadi.