114
19- BOB. Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligi
19.1.
Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligining iqtisodiyotdagi
o’rni va ahamiyati
19.2.
Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligining tarkibi
19.3.
Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligini rivojlantirish
yo’nalishlari
19.1.
Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligining iqtisodiyotdagi
o’rni va ahamiyati
Mustaqil hamdo’stlik davlatlariga Sobiq Iqtifoq tarkibiga kiruvchi (boltiqbo’yi
dalvtlaridan tashqari) davlatlar kiradi. Ularning deyarli barchasida qishloq xo’jaligi eng
muhim tarmoqlaridan bir sanaladi. Mustaqil hamdo’stlik davlatlarining barchasida qishloq
xo’jaligi mahsulotlari yetishtiriladi. Tabiiy iqlim sharoiga hamda tarixiy rivojlanish
natijasida shakllangan iqtisodiyoga qarab har bir mamakat qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining ayrim turlarini yetishtirishga ixtisoslashganligini ko’ramiz.
Mustaqil hamdo’stlik davlatlari iqtisodiyotida qishloq xo’jaligining ulushi yalpi
ichki mahsulot 11 foizdan 26 foizni tashkil etadi.
Mustaqil hamdo’stlik davlatlari qishloq xo’jaligida iqtisodiy faol aholining 12-28
foizi band.
Mustaqil hamdo’stlik davlatlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ichki talabni
qondirish darajasida 56 foizdan 96 foizni tashkil etadi.
19.2.
Mustaqil davlat hamdo’stligi davlatlari qishloq xo’jaligining tarkibi
Mustaqil hamdo’stlik davlatlari qishloq xo’jaligida mustaqillik yillari davrida katta
o’zgarishlar yuz berdi. Eng avvolo bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonini boshidan kechirdi.
Bozor munosabatlariga mos qonunlar va me’yoriy huquqiy asoslar o’zgartirildi. Qishloq
xo’jaligida mulkiy munosabatlar o’zgarib, xususiy mulk hal qiluvchi kuchga ega bo’ldi. Bu
o’zgarishlarga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari ham o’zgardi. Qishloq
xo’jaligi kooperativlari, agrofirmalar, jamoa xo’jaliklari, fermer xo’jaliklari yuzaga keldi.
Mustaqil hamdo’stlik davlatlari ichida qishloq xo’jaligi nisbatan yaxshi rivoj topgan
dallatlardan bir Rossiya Federatsiyasi sanaladi. Qishloq xo’jaligining yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi 2014 yilda 4,8 foizni tashkil etdi. Band bo’lganlarning 10 foizi qishloq
xo’jaligi ishlaydi. Tarixan don yetishtirish bilan shug’illangan. Revolyutsiyagacha don
ekinlari maydoni jami ekinzorlarda 88 foizdan ortiqroqni tashkil etgan. Don asosiy eksport
tovarlaridan biri hisoblangan. Sobiq Itifoq davrida 145 millon gektardan ortiq yerda
dehqonchilik qilingan. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2008 yilga kelib 1990
yildagi darajaning 87 foiziga yetdi. O’simlikchilik 130 foizni, chorvachilik 60 foizni tashkil
etdi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 56 foizi o’simlikchilik va qolgan 44 foizi
chorvachilika to’g’ri keladi. Yetishtirilgan yalpi mahsulotning 48-50 foizini aholining
shaxsiy yordamchi xo’jaliklari, 43 foizga yaqinini qishloq xo’jaligi korxonalari va 8 foizga
yaqinini fermer xo’jaliklari ishlab chiqaradi. Yer yuzidagi jami haydaladian yerlarning 10
foizi Rossiya hissasiga to’g’ri keladi. Bo’g’doy eksporti bo’yicha dunyoda 3 o’rinda (AQSH
va YeIdan keyin) turadi. 84 ta davlat Rossiya bug’doyi va unini import qiladi.
115
2006 yilda “APKni rivoji” dasturi qabul qilindi. Dastur ustun darajada chorvachilikni
rivojlantirishga, qishloq xo’jaligini raqobatbardoshligini oshirishga, kambag’allika qarshi
kurashishga, qishloq xo’jaligida kichik biznesni rag’batlantirishga qaratilgan. Har yili
qishloq xo’jaligini qo’llab-quvvatlashga 140 milliard rubl otrofida mablag’ davlat
byudjetidan sarflanmoqda. 2010 yilda Braziliya, Rossiya, Xindiston va Xitoy (BRIK)
o’zaro qishloq xo’jaligi bo’yicha delaratsiya imzolashdi. Uning mohiyati qishloq xo’jaligi
sohasi bo’yicha hamkorlik qilish, qishloq xo’jaligi bo’yicha ma’lumotlar bazasini
yaratishdan iboratdir.
Qozoqiston Respulikasi qishloq xo’jaligi rivojlangan davlatlardan biri sanaladi.
Qishloq xo’jaligi maqsadlarida ishlatiladigan yer maydoni 222,5 million gektarni tashkil
etadi. SHundan, 24,1 million gektari (10,8%) haydaladigan yerlarni, 5 million gektari
(2,2%) pichanzorlarni va 189 million gektari (85%) yaylovlarni tashkil etadi. Respublika
qishloq xo’jaligida bug’doy, arpa, sabzavot, poliz, kungaboqar, len, tamaki, paxta, qand
lavlagi, sholi, meva va uzum yetishtiriladi. CHorvachilikda qo’ychilik, otchilik, tuyachilik
va qoramolchilik asosiy tarmoqlar sanaladi. Keyinga paytlar parrandachilik ham tez rivoj
topmoqda. 1954 yilda qo’riqni (tselena) o’zlashtirish boshlandi. 1954-1959 yillarda qo’riqni
o’zlashtirishga 20 milliard rubl sarflandi.
Qishloq xo’jaligi aholisi 7,3 millon kishi. Yiliga juda kam, ya’ni 150-320 mm
yomg’ir tushadi. Mamlakat qishloq xo’jaligi shakar, o’simlik moyi, parranda go’shti,
sabzavot va mevalar bilan o’zini ta’minlay olmaydi.
Jun, teri, paxta tolasi va bug’doy eksport qiladi. 90 foizdan ortiq chorva mollar uy
xo’jaliklarida joylashgan.
|