115
2006 yilda “APKni rivoji” dasturi qabul qilindi. Dastur ustun darajada chorvachilikni
rivojlantirishga, qishloq xo’jaligini raqobatbardoshligini oshirishga, kambag’allika qarshi
kurashishga, qishloq xo’jaligida kichik biznesni rag’batlantirishga qaratilgan. Har yili
qishloq xo’jaligini qo’llab-quvvatlashga 140 milliard rubl otrofida mablag’
davlat
byudjetidan sarflanmoqda. 2010 yilda Braziliya, Rossiya, Xindiston va Xitoy (BRIK)
o’zaro qishloq xo’jaligi bo’yicha delaratsiya imzolashdi. Uning mohiyati qishloq xo’jaligi
sohasi bo’yicha hamkorlik qilish, qishloq xo’jaligi bo’yicha ma’lumotlar bazasini
yaratishdan iboratdir.
Qozoqiston Respulikasi qishloq xo’jaligi rivojlangan davlatlardan biri sanaladi.
Qishloq xo’jaligi maqsadlarida ishlatiladigan yer maydoni 222,5
million gektarni tashkil
etadi. SHundan, 24,1 million gektari (10,8%) haydaladigan yerlarni, 5 million gektari
(2,2%) pichanzorlarni va 189 million gektari (85%) yaylovlarni tashkil etadi. Respublika
qishloq xo’jaligida bug’doy, arpa,
sabzavot, poliz, kungaboqar, len, tamaki, paxta, qand
lavlagi, sholi, meva va uzum yetishtiriladi. CHorvachilikda qo’ychilik, otchilik, tuyachilik
va qoramolchilik asosiy tarmoqlar sanaladi. Keyinga paytlar parrandachilik
ham tez rivoj
topmoqda. 1954 yilda qo’riqni (tselena) o’zlashtirish boshlandi. 1954-1959 yillarda qo’riqni
o’zlashtirishga 20 milliard rubl sarflandi.
Qishloq xo’jaligi aholisi 7,3 millon kishi. Yiliga juda kam, ya’ni 150-320 mm
yomg’ir tushadi. Mamlakat qishloq xo’jaligi shakar, o’simlik moyi, parranda go’shti,
sabzavot va mevalar bilan o’zini ta’minlay olmaydi.
Jun, teri, paxta tolasi va bug’doy eksport qiladi. 90 foizdan ortiq chorva mollar uy
xo’jaliklarida joylashgan.