111
Hozirda Missisipi daryosi bo’ylarida Texas, Kaliforniya, Arizona shtatlarida paxtachilik
saqlanib turibdi. 5 million gektardan ortiqroq yerga paxta ekiladi. 2,6 million tonna paxta
tolasi va 6,0 million tonna paxta chigiti yetishtiradi. Paxta chigiti moy olishda soyadan
keyingi ikkinchi o’rinda turadigan mahsulot sanaladi. Amerika Qo’shma SHtatlari paxta
tolasi eksportida birinchi o’rinda turadi.
Amerika Qo’shma SHtatlari tamaki yetishtirida dunyoda birinchi o’rinda turadi.
Tamaki og’ir mehnat bilan bog’liq bo’lganligidan unchalik Appalachi tog’oldi hududlarida
(janubiy-sharqiy shtatlar) uncha katta bo’lmagan massivlarda, kichik fermalar tomonidan
yetishtiriladi.
Michigan, Florida, Luiziana shtatlarida shakar qamish yetishtirladi. Amerika
Qo’shma SHtatlari o’zini shakar bilan ta’minlay olmaydi va uni Puerto-Riko, Fillipin va
boshqa davlatlardan import qiladi.
Kaliforniya va Flori shtatlari 70 foiz mevani beradi. Apelsin va limonni 100 foizi shu
shtatlarda yetishtirladi.
Men va Yangi Angliya shtatlarida lalmi kartoshka, Aydaxoda sug’oriladigan yerda
yetishtiriladi.
Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligi tovar mahsulotda chorvachilikning
ulushi 55 foizdan ortiqroq. CHorvachilikda go’sht yo’nalishi asosiy sanaladi. Buyuk tekislik
shtatlarida (g’arbiy shtatlar) makka bilan jo’xori (sorgo) yetishtirish ko’paydi va omuxta
yem ishlab chiqarish rivojlandi. Bu esa agrobiznesda “go’shtfabrikalari”ning yuzaga
kelishiga sabab bo’ldi.
CHo’chqachilik go’shti yog’li bo’lganligi sababli qoramol go’shtiga nisbatan talab
past. Makka poyasida rivojlangan.
Ikkinchi jahon urushidan keyin parrpandani go’shtga sanoat asosida boqish (broyler) keskin
rivojlandi. Uning 90 foizi Jorjiya, Alabama, SHimoliy va Janubiy Karolina shtatlarigato’g’ri
keladi.
Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida bozorda talabning o’zgarishiga
qarab, cheklovlarni qo’llab turadi. Bu esa raqobatni keskinlashuviga olib keldi. Natijada
kuchli, yirik, ixtisoslashgan xo’jaliklar bozorda o’z o’rnini saqlab turibdi. Ixtisoslashgan
xo’jaliklar odatda 50 foizdan ortiq daramodlarini bir turdagi mahsulotni sotishdan oladigan
xo’jaliklardir.
Dostları ilə paylaş: