107
Evropa ittifoqi Vazirlar kengashi 1962 yilda don mahsulotlari uchun yagona Yevropa
bozorini shakllantirish bo’yicha qator hujjatlar qabul qildi. Ushbu hujjatlarda yagona don
bozorini tartibga solib turish mexanizmlari ishlab chiqarildi. Ular hozirgi kunda ham
Yevropa agrar siyosatining asosini tashkil etadi. Bu mexanizimlar: maqsadli narxlar,
interventsion narxlar, ostona narxlari, o’zgaruvchan import tariflari va eksport
subsidiyalaridan iborat. Bundan tashqari yagona don bozorini moliyalashtirish tartibini ham
joriy qildi. Yevropa yagona agrar bozorini o’rnatish bo’yicha qilingan katta ishlarga
qaramasdan bu jarayon oson kechgan emas. Faqatgina yagona don bozori o’rnatish bo’yicha
amalda kelishish 1967 yilda amalga oshdi.1962 yilda markazlashgan moliyalashtirishni
amalga oshirish uchun tuzilgan Yevropa qishloq xo’jaligiga yo’naltirilgan va kafolat fondi
(FEOGA)ga pul ajratish 1969 yildagina amalga oshiriladi. Natijada 1970 yilga kelib
Yevropa yagona agrar siyosati unga a’zo davlatlar manfaatlari uchun xizmat qiladigan juda
katta amaliy kuchga aylandi.
1972 yilda “Qishloq xo’jaligi -80” nomli Mansxold rejasi qabul qilindi. Ushbu rejaga
binoan 1980 yilga kelib qishloq xo’jaligada band bo’lganlar sonini 5 mln. kishiga
kamaytirish va fermerlarning o’rtacha xajmini oshirish vazifasini qo’yiladi. Albatta, bu
ixtiyoriy ravishda yuz berishi kerak edi. Bu reja quyidagi asosiy tadbirlarni amalga
oshirishni belgilaydi:
55-65 yoshdan oshgan fermerlar o’z faoliyatini to’xtatgan holda ularga yiliga
ma’lum miqdorda pul mablag’lari berilishini tashkil etish;
Istiqbolli deb topilgan fermerlarga imtiyozli kreditlar va kredit kafolatlari berish;
Fermerlar uchun axborot va maslahat xizmatlarini tashkil etish va ularni
rivojlantirish;
Marketing xizmatlarini rivojlantirish yuzasidan tashkil etilayotgan uyushmalarni va
birlashmalarni qo’llab-quvvatlash;
Qishloq xo’jaligiga yangi yerlarni jalb etishni cheklash.
1992 yilda Yevropa yagona agrar siyosatini rivojlantirish yuzasida yangi reja- Mak-
SHerri rejasi qabul qilindi. Uning asosiy mazmuni quyidagilarda o’z ifodasini topdi:
Dehqonchilik va qoramolchilik mahsulotlariga bo’lgan narx dunyo darajasiga
yaqinlashtirilishi kerak (hatto, 90-yillarda ham Yevropa davlatlarida qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining ishlab chiqarish narxi AQSH va Kanadadagi darajadan ancha baland edi.);
Fermerlarga narxlarni tushirganlari uchun zararni qoplaydigan to’lovlar to’lashni
tashkil etish;
Zararni qoplash to’lovlari ishlab chiqarishdan yerlarni ozod qilgan va 1 ga yerga
chorva mollarining maksimal biriktirilishini ta’minlagan fermerlarga berish;
Fermerlarning ekologik masalalarini to’g’ri hal etishda qatnashishlari, erta
pensiyaga chiqishlarini qo’llab-quvvatlash.
1997 yilda Yevropa Hamjamiyati Komissiyasi “2000 yil kun tartibi: qishloq xo’jaligi”
hujjatini e’lon qildi.
Dostları ilə paylaş: