97
15.2.Agrosanoat majmuasi tarmoqlarini davlat tomonidan tartibga solish va
qo’llab-quvatlash
Agrosanoat majmuasini davlat tomonidan tartibga solishda va qo’llab-quvvatlashda
quyidagi vosita va mexanizmlardan foydalanadi. Eng avvalo soliq, kredit, davlat byurtmasi
va narx vositalari asosida agrosanoat majmuasi tartibga solinadi va qo’llab-quvvatlanadi.
Bundan tashqari agrosanoat majmuasining asosiy bo’g’ini bo’lgan qishloq xo’jaligini
qo’llab-quvvatlash maqsadida byudjet vositasidan ham keng foydalaniladi. O’zbekiston
Respublikasida suv xo’jaligi bilan bog’liq xarajatlar asosan
davlat byudjeti hisobidan
qoplanadi.
Soliq tizimi orqali yerlarning turli unumdorligi masalasi tartibga solinadi. Ya’ni ball
boniteti yuqori yerlarga yuqori va aksincha ball boniteti past yerlarga past soliq olinadi.
Agrar sohaning o’ziga xosligini, uning aholi turmush darajasi va sifatida hal qiluvchi
rolni o’ynashini inobatga olib kreditlar tizimi joriy etiladi. Jumladan,
mustaqillikning
dastlabki 20 yilida 3 foizlik, keynigi davrla esa 5 foizlik imtiyozli kreditlar berish yo’lga
qo’yilgan. SHu yo’l bilan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi qo’llab-quvvatlanadi. Ishlab
chiqarilga mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarga (masalan,
mashina traktor parklari
tomonidan fermer xo’jaliklariga ko’rsatiladigan xizmatlarga ta’riflarni o’rnatishda) narx
belgilashda bazi tartibga soluvchi chegaralar o’rnatiladi. Bu o’z navbatida qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishini qo’llab-quvvatlash imkoniyatini beradi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash maqsadida
ularga yetishtiriladigan mahsulot hajmi uchun oldindan bo’naklar
berish mexanizmi
belgilangan. 2016 yilning yanvarigacha faqatgina paxta va g’alla uchun davlat buyurmasi
mavjud bo’lib, uning uchun oldindan qishloq xo’jaligi mahsulotlari
ishlab chiqaruvchi
korxonalarga bo’nak mablag’lari oldindan berilar edi. 2016 yildan boshlab esa bu vosita
meva, uzum va sabzavotlar uchun ham qo’llaniladigan bo’ldi. Meva,uzum va sabzavotlarni
eksport qilishda ham katta imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, qishloq xo’jaligi
mahsulotlari
yetishtiruvchilarga oldindan sotib olinadigan mahsulot miqdori uchun 40 foiz bo’nak puli
berish tirtibi o’rnatildi.